add

AQSH Davlat departamenti Grin-karta lotereya dasturiga ariza topshirish tartibini o‘zgartirdi

Bugun 21:353671

AQSH Davlat departamenti DV-2027 dasturini bekor qilmaydi, faqat ro‘yxatdan o‘tish muddatlari va jarayonlarda texnik o‘zgarishlar bo‘lishini ma’lum qildi.

AQSH Davlat departamenti Diversity Visa (DV-2027) lotereyasida ishtirok etish uchun ariza topshirish tartibiga texnik o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qildi. Dasturning o‘zi saqlanib qoladi, o‘zgarishlar faqat ro‘yxatdan o‘tish va natijalarni e’lon qilish muddatlariga taalluqli. Aniq sanalar keyinroq e’lon qilinadi. Bu haqda vazirlikning rasmiy veb-saytida xabar berilgan.

Aniqlanishicha, DV-2027 g‘oliblari immigratsiya vizalari uchun hujjatlarni ilgari belgilangan muddatlarda — 2026 yil 1 oktabrdan 2027 yil 30 sentabrgacha topshirishlari mumkin bo‘ladi.

Shunday qilib, tashkiliy o‘zgartirishlar dastur mexanizmining o‘ziga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Bundan tashqari, joriy yilning 16 sentabridan boshlab lotereyada ishtirok etish uchun 1 AQSH dollari miqdorida ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi joriy etiladi. Bu konsullik to‘lovlarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi hujjatda ko‘zda tutilgan.

Diversity Visa dasturi har yili AQSHga migratsiya darajasi past bo‘lgan mamlakatlar fuqarolariga 50 mingga yaqin viza berishni nazarda tutadi. Natijalarni tekshirish Entry Status Check (ESC) tizimi orqali amalga oshiriladi.

DV-2025 ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p g‘oliblar O‘zbekistonda qayd etilgan - 5,5 ming kishi. Keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston - 3 ming, Tojikiston - 2,9 ming va Qozog‘iston - 2 ming ishtirokchi bilan joy olgan.

Teglar

Mavzuga oid

AQSH Davlat departamenti Grin-karta lotereya dasturiga ariza topshirish tartibini o‘zgartirdi | Vaqt.uz