add

AQSH «Lukoil»ga oid ayrim sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi

Bugun 18:18792 daqiqa

AQSH «Lukoil»ning xorijdagi AYQSHlariga faoliyatni davom ettirishga ruxsat berib, iste’molchilarga yetkaziladigan zararni kamaytirish choralarini qabul qildi.

AQSH «Lukoil»ga oid ayrim sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi

AQSH Moliya vazirligi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan «Lukoyl» kompaniyasining Rossiyadan tashqaridagi yonilg‘i quyish shoxobchalariga vaqtincha faoliyat yuritishga ruxsat berdi. Umumiy litsenziya 2026 yil 29-apreligacha amal qiladi va ushbu muddatgacha chet eldagi «Lukoil» AYQSH bilan bog‘liq barcha tranzaksiyalarga yo‘l ochadi.

AQSH bu chorani chakana yonilg‘i bozorida odatiy operatsiyalarni amalga oshiruvchi iste’molchilar hamda ta’minotchilarga zarar yetkazmaslik maqsadida qabul qilganini ma’lum qildi. Moliya vazirligiga ko‘ra, bir muddatlik yumshatish orqali xorijiy shoxobchalarda faoliyat to‘xtab qolmasligi, bir vaqtning o‘zida mablag‘larning Rossiyaga yo‘nalishi cheklanishi ko‘zda tutilgan.

Bu qaror «Lukoil» brendi ostida AQSH va boshqa davlatlarda ishlayotgan AYQSHlarning uzluksiz xizmat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, u Rossiyaga qarshi bosim kamayganini anglatmaydi, aksincha mablag‘lar oqimini nazorat qilish orqali sanksiyalarning asosiy vazifasi saqlanib qoladi.

Shuningdek, litsenziya prezident Donald Tramp tomonidan oktabr oyida kiritilgan sanksiyalarning ayrim bandlarini vaqtincha to‘xtatib turishi bilan ahamiyatlidir. Ushbu qadam dekabr boshida Oq uyning Moskva bilan urushni to‘xtatish shartlari bo‘yicha ehtimoliy muzokara urinishlari fonida qo‘llandi.

Oktyabr oyida AQSH va Buyuk Britaniya «Lukoil» va «Rosneft» kompaniyalari hamda ularning 34 ta bo‘limlariga nisbatan yangi cheklovlar joriy qilgan edi. Fransiya axborot agentligining yozishicha, bu Tramp ma’muriyati tomonidan Rossiyaga qaratilgan eng keskin sanksiya paketlaridan biri sifatida baholangan.

Rossiya neft gigantlari «Lukoil» va «Rosneft» aksiyalari yangi AQSH sanksiyalari ortidan 4 foizgacha pasaygan edi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH va YI joriy etgan cheklovlar ortidan «Lukoyl» o‘zining xorijdagi aktivlarini sotish niyatida ekanini rasman e’lon qilgan.

Teglar

Mavzuga oid

AQSH «Lukoil»ga oid ayrim sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi | Vaqt.uz