add

AQSH va Rossiya o‘rtasidagi yadroviy urush ssenariysi tasvirlandi

23.05.2025 | 10:4014223

AQSH va Rossiya o‘rtasidagi yadroviy urush nafaqat millionlab insonlarning halokatiga, balki atmosferadagi uzoq muddatli o‘zgarishlarga ham olib keladi, deydi olimlar.

AQSH va Rossiya o‘rtasidagi yadroviy urush ssenariysi tasvirlandi
Pensilvaniya shtati universiteti olimlari Shi Yunin rahbarligidagi guruh tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, AQSH va Rossiya o‘rtasidagi yadroviy urush natijasida atmosferaga taxminan 150 mln tonna qurum chiqishi mumkin. Bu esa «yadroviy qish» deb ataluvchi holatga olib kelib, u o‘n yildan ortiq davom etishi mumkin. Yadroviy portlashlar natijasida havoga chiqqan qurum Quyosh nurlarining Yerga yetib kelishini cheklab, o‘rtacha haroratni 15 darajaga pasaytiradi. Bu holat ozon qatlamining yemirilishiga va ultrabinafsha nurlanishining kuchayishiga olib keladi. Ushbu o‘zgarishlar fotosintez jarayonini buzib, o‘simliklar o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bunday sharoitda jahondagi jo‘xori yetishtirish hajmi 80 foizga kamayishi mumkin. Bu esa 7-12 yil davomida qishloq xo‘jaligi sohasidagi inqirozga va global ocharchilikka olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, yadroviy urush natijasida yog‘ingarchilik va quyosh radiatsiyasi miqdori 70 foizga kamayishi mumkin. Bu holat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yetishmasligiga va oziq-ovqat ta’minoti zanjirlarining buzilishiga olib keladi. Olimlar, shuningdek, hozirgi geosiyosiy vaziyat, jumladan, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi, Kashmirdagi nizo va Yaqin Sharqdagi beqarorlik yadroviy urush xavfini oshirayotganini ta’kidlashmoqda. Ular yadroviy qurollarga ega davlatlar o‘rtasidagi urushning oqibatlari insoniyat uchun beqiyos halokatli bo‘lishini qayd etishmoqda.

Teglar

Mavzuga oid