add

AQSHga turistik safar qilgan o‘zbekistonliklar soni qariyb 15 foizga oshdi

16.09.2025 | 15:5021532

2025 yilning dastlabki yetti oyida 8 ming nafar o‘zbekistonlik AQSHga sayohat qilgan.

AQSHga turistik safar qilgan o‘zbekistonliklar soni qariyb 15 foizga oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-iyul oylarida 8 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi AQSHga borgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 15 foizga ko‘pdir. Safar qilganlarning asosiy qismi — 5 683 nafar kishi — turistik maqsadda yo‘lga chiqqan. Shuningdek, 1 978 nafar o‘zbekistonlik qarindoshlarini yo‘qlash uchun AQSHga borgan. Ta’lim olish maqsadida borganlar soni 179 nafarni tashkil etdi. Xizmat safarlari uchun 104 kishi, tibbiy yordam maqsadida esa 23 kishi AQSHni tanladi. Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning shu davrida mamlakatdan AQSHga 7 mingga yaqin fuqaro chiqqan edi. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, turistik safarlarning o‘sishi fuqarolarning daromadlari ortayotgani va xorijga chiqish imkoniyatlari kengayayotgani bilan izohlanadi.

Teglar

Mavzuga oid