Atigi 2 so‘m — JCH-2026 doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasining ikkinchi o‘yini sharafiga bepul o‘tkazmali Click obunasi
22 va 23-iyun kunlari Click maxsus aksiyani ishga tushiradi: Smart, Comfort yoki Pro obunasini bor-yo‘g‘i 2 so‘mga ulash mumkin.

23-iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbol bo‘yicha Jahon chempionati–2026 doirasidagi ikkinchi uchrashuvini Portugaliyaga qarshi o‘tkazadi. Millionlab muxlislar tarkibni muhokama qiladi, hisobni taxmin qiladi va jamoamiz g‘alabasiga ishonadi.
Yana do‘stlariga pul ham o‘tkazadi.
O‘yin oldidan osh uchun. Tomosha paytidagi ichimliklar uchun. Umumiy dasturxon uchun.
Bu kunlarda komissiyalar haqida emas, futbol haqida o‘ylashingiz uchun Click obunani deyarli bepul qildi.
Smart, Comfort yoki Pro tariflaridan birini atigi 2 so‘mga ulagan foydalanuvchilar 30 kun davomida tanlangan tarifning barcha afzalliklaridan, jumladan belgilangan limitlar doirasida komissiyasiz pul o‘tkazmalaridan foydalanishi mumkin.
Terma jamoamiz allaqachon tarix yaratmoqda. Click esa bu voqeaga yana ozgina foyda qo‘shishga qaror qildi.
Aksiya faqat 22 va 23-iyun kunlari Click ilovasida amal qiladi.
Komissiyasiz pul o‘tkazmalari tanlangan tarif limitlari doirasida taqdim etiladi. Click Obunasi shartlari amal qiladi.
👉 Obunani ulash
Instagram | LinkedIn | Telegram





