Bankrotlik yoqasidagi tadbirkorlar uchun maxsus bank hisobvaraqlari ochiladi
Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yangi tartibga ko‘ra, bankrotlik yoqasidagi tadbirkorlarning mablag‘larini boshqarish uchun maxsus hisobvaraqlar ochiladi.

To‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochilishi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqidagi idoraviy hujjatda belgilangan.
Unga ko‘ra to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochilishi belgilandi.
Bunda tadbirkorga nisbatan sanatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomili joriy etilsa, uning mablag‘larini boshqarish uchun bankda maxsus hisobvaraq ochiladi.
Tadbirkorning asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlari bo‘yicha chiqim operatsiyalari to‘xtatiladi hamda mavjud va keyinchalik kelib tushadigan mablag‘lar maxsus hisobvaraqqa o‘tkaziladi.
Asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlarga qo‘yilgan band to‘lov hujjatlari, shu jumladan inkasso topshiriqnomalari hamda band solish to‘g‘risidagi qarorlar ularni qo‘ygan tashkilotlarga (organlarga) ijrosiz qaytariladi.
Maxsus hisobvaraqdagi mablag‘lardan esa faqat mijozning yoki sud boshqaruvchisining to‘lov topshiriqnomasi asosida foydalaniladi.
Mazkur choralar og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan yoki bankrotlik yoqasidagi tadbirkorlarning oyoqqa turishiga va faoliyatini tiklashiga xizmat qiladi.
— fuqarolar istalgan bankdan o‘zining barcha bank hisobvaraqlari haqidagi ma’lumotlarni olishlari mumkin bo‘lmoqda (muqaddam faqat asosiy hisobvaraq ochilgan bankdan bunday ma’lumotlarni olish mumkin edi);
— bank hisobvaraqlarini ochishda endilikda xorijga chiqish biometrik pasportidan ham foydalanish imkoniyati yaratildi.
