add

Biznes-ombudsman mahalliy hokimiyatlarning 220 ta noqonuniy qarorini bekor qildi

Bugun 10:411 daqiqa

2025 yilda Biznes-ombudsman tomonidan 900 ga yaqin normativ-huquqiy hujjat ekspertizadan o‘tkazilgani ma’lum qilindi.

Biznes-ombudsman mahalliy hokimiyatlarning 220 ta noqonuniy qarorini bekor qildi

2025 yil davomida Biznes-ombudsman instituti ko‘rgan ta’sir choralari natijasida mahalliy hokimiyat organlarining 220 ta noqonuniy qarori bekor qilingan. Bu haqda Biznes-ombudsman devoni axborot xizmati rahbari ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, tadbirkorlar manfaati uchun 10 mlrd so‘m mablag‘ qaytarilgan. Shuningdek, 16 mlrd so‘mlik qarzdorlik bekor qilinib, 40,1 mlrd so‘m miqdorida subsidiya ajratilishi ta’minlangan.

Tekshiruvlar va choralar

Nazorat tadbirlari bo‘yicha ham nazorat kuchaytirilgan. Yil davomida 148 mingdan ortiq tekshiruv muvofiqlashtirilib, 10 mingga yaqin qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Aniqlangan qonunbuzilishlar natijasida 1072 nafar mansabdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Shuningdek, 103 ta holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.

Nazorat organlari

Biznes muhitini yaxshilash maqsadida nazorat organlari faoliyatida ham tizimli o‘zgarishlar amalga oshirilgan. Xususan, 8682 nafar xodim attestatsiyadan o‘tkazilib, ularning 76 foizi sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgani ta’kidlanmoqda.

Hujjatlar ekspertizasi

Yil davomida 900 ga yaqin normativ-huquqiy hujjat ekspertizadan o‘tkazilib, tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan normalarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mahalliy hokimliklar tomonidan 386 ta hujjat asossiz yashirilgani haqida xabar bergandik.

Teglar

Mavzuga oid