
DeepSeek-R1 tibbiyotda sun’iy intellektni joriy etishda istiqbolli vosita sifatida baholandi
03.06.2025 | 12:2045622
Xitoyda ishlab chiqilgan DeepSeek-R1 sun’iy intellekt modeli tibbiyot sohasida sinovdan o‘tkazildi. U mutaxassislarga tashxis, davo rejasini tuzish va ta’lim jarayonida yordam bera olishi aniqlandi.

Hongkong Fan va texnologiyalar universiteti tadqiqotchilari DeepSeek-R1 modelini tibbiyot sohasida tekshirib, uning imkoniyatlarini tahlil qildi. Gene Online manbasiga ko‘ra, ushbu model tibbiy qarorlar qabul qilishda aniq va asosli yechimlar taklif eta oladi. Shuningdek, u shifokorlar uchun shaxsiylashtirilgan tavsiyalar tuzish va talabalar uchun interaktiv o‘quv materiallari yaratishda foyda beradi.
Tadqiqot davomida Shandong universiteti va South China Hospital ushbu modeldan amaliyotda muvaffaqiyatli foydalangan. Ularning fikricha, DeepSeek-R1 klinik jarayonlarda samarali qo‘llanilishi mumkin.
Shu bilan birga, model hozircha faqat matnli ma’lumotlar bilan ishlaydi. U ba’zi holatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar — «gallyutsinatsiyalar» taqdim etishi mumkin. Lekin uning ochiq kodli va arzonligi, shuningdek oson joriy etilishi DeepSeek-R1’ni tibbiyot sohasidagi sun’iy intellekt rivoji uchun muhim vositaga aylantirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda madaniyat sohasida ham sun’iy intellektdan foydalanish loyihalari haqida xabar berilgan edi.





