add

Diplomatlar ham «ishsizlar» safiga qo‘shildi: AQSHda ommaviy qisqartirish

11.07.2025 | 21:0025183

Amerikada davlat xizmatchilari orasida keng miqyosda ishdan bo‘shatish boshlandi. 1100 dan ortiq xizmatchi va yuzlab diplomatlar ishini yo‘qotmoqda.

Diplomatlar ham «ishsizlar» safiga qo‘shildi: AQSHda ommaviy qisqartirish
Associated Press agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, AQSH Davlat departamenti jami 1353 nafar xodimni ishdan bo‘shatish rejasini amalga oshirmoqda. Ushbu jarayon doirasida 1107 nafar davlat xizmatchisi hamda 246 nafar diplomatik xizmat xodimiga rasmiy bildirishnomalar yuborilgan. Davlat departamentining ichki hujjatida qayd etilishicha, diplomatik xodimlar bildirishnoma olgach, 120 kunlik ma’muriy ta’tilga chiqariladi va shundan so‘ng rasman ishdan bo‘shatiladi. Davlat xizmatchilari uchun esa bu jarayon 60 kun ichida amalga oshiriladi. Davlat departamentining tushuntirishicha, ushbu qisqartirishlar «ichki faoliyatni optimallashtirish va diplomatik ustuvor yo‘nalishlarga e’tiborni kuchaytirish» maqsadida amalga oshirilmoqda. The Washington Post manbasiga ko‘ra, Donald Tramp ma’muriyati ikkinchi prezidentlik muddatidan beri davlat xizmatchilari sonini qisqartirish siyosati olib bormoqda. Biroq ba’zi ishdan bo‘shatilgan xodimlar 2024 yil iyunida o‘z lavozimiga qayta ishga joylashgan holda qaytgani kuzatilgan. Bu vaziyat AQSH diplomatik xizmatining qayta tuzilishi jarayonida muhim bosqich bo‘lib, tashqi siyosatdagi ustuvorliklarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid