add

Ekologiya qo‘mitasi nega havo sifati yana yomonlashganini izohladi

31.01.2026 | 14:001 daqiqa

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda shamolning yo‘qligi harorat inversiyasi va tuman Toshkent va boshqa hududlarda havo ifloslanishini keskin oshirgan.

Ekologiya qo‘mitasi nega havo sifati yana yomonlashganini izohladi

2025 yil 29–30-yanvar kunlari O‘zbekistonning qator hududlarida, jumladan Toshkent shahrida havo sifati sezilarli darajada yomonlashdi. Bu holat asosan noqulay meteorologik sharoitlar bilan izohlanmoqda. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi rasmiy ma’lumot berdi.

Qo‘mita mutaxassislari tahliliga ko‘ra, havo ifloslanishining kuchayishiga shamolning yo‘qligi yoki juda past tezligi, shuningdek, harorat inversiyasi asosiy omil bo‘lgan. Inversiya paytida sovuq havo qatlami yer yuzasiga yaqin joylashib, iliq havo yuqori qatlamlarda saqlanib qoladi.

«Natijada havoga chiqarilgan mayda dispers zarrachalar yer yuzasining quyi chegaralarida «qamalib», shahar havosida ma’lum muddat turib qolgan. Qo‘shimcha ravishda, tonggi soatlarda tuman kuzatilib, havodagi mayda aerozol zarrachalari konsentratsiyasini oshirgan. Tuman vaqtida atmosfera namligi yuqori bo‘lishi sababli PM2.5 zarrachalari havoda uzoqroq saqlanib, ifloslanish darajasi yanada ortadi», — deyiladi xabarda.

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 31-yanvar soat 09:00 holatiga Toshkentda PM2,5 ning o‘rtacha sutkalik ko‘rsatkichi har kub metr havo uchun 93 mikrogrammni tashkil etgan. Bu ruxsat etilgan me’yorlardan 1,5-marta yuqori. IQAir portalida esa Toshkent havo sifati eng yomon shaharlar reytingidan oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Teglar

Mavzuga oid