add

Endi soliqdan qarzi borlarning elektr to‘loviga cheklov qo‘yilishi mumkin

01.12.2025 | 13:552771 daqiqa

2026 yildan mol-mulk va yer solig‘idan qarzlarni undirishda elektr energiyasi billing tizimidan foydalanish Namangan viloyatida sinov tariqasida boshlanadi.

Endi soliqdan qarzi borlarning elektr to‘loviga cheklov qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda soliq boshqaruvini takomillashtirish va qarzdorlikni qisqartirishga qaratilgan yangi mexanizm ishga tushirilmoqda. Prezident qaroriga muvofiq, 2026 yil 1-yanvardan Namangan viloyatida mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha qarzdorligi 1 million so‘mdan ortiq bo‘lgan jismoniy shaxslarga nisbatan elektr energiyasining billing tizimi mexanizmidan foydalaniladi.

2026 yilda Namanganda sinov sifatida joriy etiladigan ushbu tizim tajribasi 1-oktabrga qadar davom etib, natijalarga ko‘ra mamlakatning boshqa hududlarida ham amalga oshiriladi.

Ma’lumot o‘rnida, dekabr oyidan boshlab respublikaning barcha hududlarida chiqindi xizmatlaridan qarzdor bo‘lganlar uchun elektr to‘lov amaliyotlari vaqtincha to‘xtatiladi.

Avvalroq Toshkent shahrida chiqindi xizmatlaridan qarzdor bo‘lgan 6 mingga yaqin fuqaroga nisbatan elektr energiyasi to‘lovlariga vaqtincha cheklov qo‘yilgani xabar qilingandi.

Teglar

Mavzuga oid