add

Eng yaxshi mikrokredit va avtokredit stavkalarini qaysi banklar taklif qilmoqda?

Bugun 13:152 daqiqa

Markaziy bank 2026 yil 2-fevral holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.

Eng yaxshi mikrokredit va avtokredit stavkalarini qaysi banklar taklif qilmoqda?

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2026 yil yanvar oyining oxirgi ish kunlari holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilayotgan mikrokredit va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.

Mikrokreditlar

Yangi haftada mikrokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 31,0 foizni tashkil etdi. O‘tgan haftada bu ko‘rsatkich 30,8 foiz, undan oldingi haftada esa 31,7 foiz atrofida bo‘lgan. Shu tariqa, mikrokreditlar segmentida o‘tgan hafta kuzatilgan pasayishdan so‘ng, yangi haftada yengil o‘sish qayd etildi.

mi

Eng past mikrokredit stavkasi yangi haftada «Infinbank»da 24,4 foiz darajasida shakllandi. O‘tgan haftada eng maqbul taklif «Aloqabank» tomonidan 24,1 foiz bilan taklif etilgan edi. Shuningdek, yangi haftada «Aloqabank» va «Trastbank» ham 24,5–24,6 foiz oralig‘ida nisbatan qulay shartlarni saqlab qoldi.

O‘rta segmentda «Milliy bank», BRB, OFB va «Asakabank» mikrokreditlarni 25,5–27,3 foiz atrofida taklif qilmoqda. O‘tgan haftaga nisbatan bu guruhda keskin o‘zgarishlar kuzatilmadi.

Yuqori segmentda esa foiz bosimi saqlanib qolmoqda. Yangi haftada «AVO bank», «Anorbank» va «Tenge bank» mikrokredit stavkalari mos ravishda 39,9 foiz, 41,2 foiz va 42,6 foizni tashkil etdi. O‘tgan haftada ham ushbu banklarda stavkalar 41–42 foiz atrofida bo‘lgan.

Avtokreditlar

Avtokreditlar bozorida yangi haftada o‘rtacha foiz stavkasi 23,4 foizni tashkil etdi. O‘tgan haftada bu ko‘rsatkich 23,6 foiz, undan oldingi haftada esa 23,3 foiz atrofida bo‘lgan. Demak, avtokreditlar segmentida yengil pasayish kuzatildi.

photo_2026-02-03_12-07-10

Eng past avtokredit stavkasi yangi haftada «Garant bank»da 17,9 foiz darajasida qayd etildi. O‘tgan haftada esa eng maqbul taklif «Infinbank» tomonidan 18,1 foiz bilan taqdim etilgan edi. Shuningdek, «Ipoteka bank» va Asia Alliance bank ham 20–21 foiz oralig‘ida nisbatan past stavkalarni taklif qilmoqda.

O‘rta segmentda «Aloqabank», «Xalq banki», SQB va «Hamkorbank» avtokreditlarni 23,2–23,5 foiz atrofida taklif qilmoqda. Bu ko‘rsatkichlar o‘tgan hafta bilan deyarli bir xil qoldi.

Eng yuqori avtokredit stavkalari yangi haftada «Mikrokreditbank» va «Madad Invest bank»da saqlanib, mos ravishda 28,0 foiz va 27,9 foizni tashkil etdi. O‘tgan haftada ham ushbu banklarda stavkalar 27,5–28 foiz atrofida bo‘lgan.

Teglar

Mavzuga oid