Eng yaxshi mikrokredit va avtokredit stavkalarini qaysi banklar taklif qilmoqda?

Bugun 13:382 daqiqa

Markaziy bank 2026-yil 16-mart holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.

Eng yaxshi mikrokredit va avtokredit stavkalarini qaysi banklar taklif qilmoqda?

Markaziy bank 2026 yil mart oyi uchinchi haftasi bo‘yicha tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilayotgan mikrokredit va avtokreditlar foiz stavkalari bo‘yicha yangilangan ma’lumotlarni e’lon qildi. Yangi haftada mikrokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 29,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 22,8 foiz darajasida qayd etildi.

Yangi haftada mikrokreditlar stavkasida pasayish, avtokreditlarda o‘sish kuzatildi. O‘tgan haftada mos ravishda kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 29,6 va 22,6 foizni tashkil qilgan edi.

Mikrokreditlar

Mikrokreditlar segmentida eng past stavka 21,8 foiz bilan «Aloqabank» tomonidan taklif etilmoqda. Undan keyin «Infinbank» 24,3 foiz va «Trastbank» 24,6 foiz stavka bilan nisbatan arzon kreditlar taqdim etmoqda.

1

O‘rta segmentda stavkalar asosan 25–27 foiz oralig‘ida shakllangan. Jumladan, «BRB» 25,0 foiz, «Milliybank» 25,2 foiz, «OFB» 26,3 foiz va «Asakabank» 26,8 foiz darajasida kredit ajratmoqda. Shuningdek, «Kapitalbank», «Mikrokreditbank» va «Asia Alliance bank»da ham stavkalar 27 foiz atrofida saqlanmoqda.

Yuqori segmentda esa stavkalar ancha yuqori bo‘lib qolmoqda. Xususan, «TBC bank»da 37,7 foiz, «AVO bank»da 39,9 foiz, «Anorbank»da 42,2 foiz va «Tengebank»da 42,5 foiz stavka qayd etildi.

Avtokreditlar

Avtokreditlar bo‘yicha eng past stavka 16,5 foiz bilan «Ipotekabank»da saqlanib qolmoqda. Shuningdek, «Infinbank» 17,1 foiz, «Apexbank» 17,7 foiz va «Davrbank» 19,1 foiz stavka bilan nisbatan arzon kreditlar taklif qilmoqda.

2

O‘rta segmentda stavkalar 23–24 foiz atrofida. Masalan, «Xalq banki» 23,6 foiz, «Milliybank» 23,7 foiz va «Ipak yo‘li banki» 23,9 foiz stavka bilan kredit ajratmoqda. Shuningdek, «Asakabank» 24,3 foiz va «Agrobank» 25,0 foiz darajasida taklif bermoqda.

Yuqori segmentda esa stavkalar 25–28 foiz oralig‘ida shakllangan. Jumladan, «Turon bank» 25,1 foiz, «Trastbank» 25,7 foiz, «Mikrokreditbank» 27,3 foiz va «Madad Invest Bank» 27,9 foiz stavka bilan avtokredit ajratmoqda.

Teglar

Mavzuga oid