Logo

Erkinjon Turdimov: «Kredit olsangiz, ko‘chada qolishga tayyor bo‘ling»

Bugun 18:001 daqiqa

Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov tomorqasiga suv chiqarish uchun kredit so‘ragan fuqaroni qarz olishdan qaytarib, muammo hokimlik ko‘magida hal etilishini ma’lum qildi.

Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov aholi qabuli davomida tomorqa yeriga suv chiqarish uchun 120 million so‘m kredit olishda yordam so‘ragan fuqaro murojaatiga munosabat bildirdi. Hokim kredit mablag‘ini rasmiylashtirish o‘rniga muammoni mahalliy hokimlik ko‘magida hal qilish taklifini berdi.

Uning ta’kidlashicha, kredit mablag‘lari foizlari bilan birga qaytarilishi kerak bo‘ladi va bu ayrim holatlarda qarzdor uchun qo‘shimcha moliyaviy yukni yuzaga keltiradi. Shu sababli u fuqaroni kredit olish oqibatlari haqida ogohlantirdi.

«Ko‘chada qolishga tayyorman, desangiz, bankka boring. Bo‘lmasa, kreditga murojaat qilmang. Hozirgi masalangiz bo‘yicha tomorqangizga suv chiqarib berishga ko‘mak beriladi», - deydi Turdimov.

Teglar

Mavzuga oid

Erkinjon Turdimov: «Kredit olsangiz, ko‘chada qolishga tayyor bo‘ling» | Vaqt.uz