add

Eron rahbariyati Rossiya bilan evakuatsiya masalasini muhokama qilgani aytilmoqda

16.06.2025 | 08:3040803

Isroil zarbalari oqibatida mamlakatda vaziyat yanada keskinlashsa, Eron rahbariyati Rossiyadan xavfsiz qochish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Moskva ayrim mansabdorlarga evakuatsiya kafolatlari bergan.

Eron rahbariyati Rossiya bilan evakuatsiya masalasini muhokama qilgani aytilmoqda
Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy apparati rahbarining o‘rinbosari Ali Asqar Hijoziy Rossiya rasmiylari bilan mamlakatdan chiqib ketish bo‘yicha yopiq muzokaralar olib borayotgani ma’lum qilindi. Bu haqda Iran International nashri ishonchli manbalarga tayanib xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning yuqori martabali amaldori Hejoziyga va uning oila a’zolariga xavfsiz evakuatsiyani kafolatlagan. Shuningdek, boshqa yuqori lavozimli Eron rasmiylari ham bunday kelishuvga ega ekani aytilmoqda. Ayrimlar esa, xabarlarga ko‘ra, allaqachon qochish yo‘llarini aniq belgilab bo‘lgan. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bu xabarlarga munosabat bildirib, Eron rahbariyati «allaqachon jomadon yig‘moqda» deya bayonot berdi. Eslatib o‘tamiz, Isroil 13 iyunga o‘tar kechasi Eronga qarshi harbiy amaliyot boshladi. Buning asosiy sababi sifatida yadroviy qurol yaratilishiga qarshi kurash ko‘rsatilgan. Isroil armiyasi Eron hududidagi muhim ob’ektlar, jumladan, yadroviy infratuzilmalarni nishonga oldi. Amaliyot paytida qator yuqori martabali amaldorlar va olimlar halok bo‘ldi. Tehron bunga javoban yuzlab ballistik raketalar bilan Isroilga zarba berdi.

Teglar

Mavzuga oid