Erondagi urush fonida OPEC+ davlatlari neft qazib olish kvotasini oshirishga kelishdi

Kecha 12:252 daqiqa

Saudiya Arabistoni va Rossiya boshchiligidagi OPEC+ davlatlari neft bozorini barqarorlashtirish uchun ehtiyotkor strategiyani davom ettirishga kelishdi.

Erondagi urush fonida OPEC+ davlatlari neft qazib olish kvotasini oshirishga kelishdi

OPEK+ga a’zo sakkiz davlat — Saudiya Arabistoni, Rossiya, Iroq, BAA, Kuvayt, Qozog‘iston, Ummon va Jazoir 2026 yil 5-aprel kuni onlayn uchrashuv o‘tkazib, jahon neft bozoridagi vaziyatni muhokama qildi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, mazkur davlatlar may oyidan boshlab kuniga 206 ming barrel neft qazib olish hajmini oshirishga kelishdi. Bu o‘zgarish 2023 yil aprelda joriy etilgan 1,65 mln barrellik ixtiyoriy cheklovlar doirasida amalga oshiriladi.

photo_2026-04-06_11-57-56

Bu holatga asosiy sabab — AQSH va Isroilning Eron bilan urushi fonida Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilib qolganidir. Mazkur bo‘g‘oz jahon neft ta’minoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lib, uning yopilishi global yetkazib berish zanjirini izdan chiqardi.

Natijada Saudiya Arabistoni, BAA, Kuvayt va Iroq kabi asosiy eksportyorlar neft eksport hajmini keskin kamaytirishga majbur bo‘ldi. Bu davlatlar urushgacha ishlab chiqarishni oshirish imkoniga ega bo‘lgan yagona ishtirokchilar edi.

Neft narxlari esa to‘rt yillik maksimumga yaqinlashib, bir barrel uchun qariyb 120 dollarga yetdi. Bu esa transport yoqilg‘isi narxlarining keskin oshishiga olib kelib, butun dunyoda iste’molchilar va biznes uchun bosimni kuchaytirmoqda.

Ekspertlar fikricha, qabul qilingan 206 ming barrellik oshirish umumiy yo‘qotishlarning 2 foizidan ham kam qismini qoplaydi. Hozirgi sharoitda bu qaror ko‘proq ramziy ahamiyatga ega deb baholanmoqda.

Ayni paytda, energetika infratuzilmalariga qilingan hujumlar ham vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda. Qator obyektlarga zarar yetgani sabab ularni tiklash uchun oylar talab etilishi mumkin.

Agar Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yaqin oylarda qayta ochilmasa, neft narxi 150 dollardan ham oshib ketishi ehtimoli bor. Bu esa global iqtisodiyot uchun jiddiy xavflar keltirib chiqaradi.

Teglar

Mavzuga oid