
Farmatsavtika instituti poytaxtdan viloyatga «quvilmoqda»: uning o‘rniga mehmonxona qurilishi mumkin
Toshkent shahri markazidagi Farmatsevtika instituti Toshkent viloyati Zangiota tumaniga ko‘chirib yuborilib, institut bino o‘rniga besh yulduzli mehmonxona qurish taklifi ilgari surildi.

Farmatsevtika institutining «Oybek» metro bekati yaqinidagi asosiy binosi bo‘shatilganidan so‘ng, u buzib tashlanib, uning joyiga 1000 o‘rinli avtoturargoh va besh yulduzli mehmonxona qurilib davlat tasarrufiga o‘tkaziladi.
Strategik islohotlar agentligi ma’lum qilishicha, бu Toshkent shahar hokimligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan taqdim etilgan loyihada o‘z aksini topgan. Loyihaga ko‘ra, Toshkent farmatsevtika institutini Zangiota tumanidagi «Tashkent Pharma Park» hududiga ko‘chiriladi. Taklif prezident qarori loyihasiga kiritilgan.
Toshkent farmatsevtika instituti 1937 yilda tashkil etilgan bo‘lib, shundan buyon hozirgacha poytaxt markazida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Taklif amalga oshirilsa, oliygoh Zangiotadagi farmatsevtika klasteriga ko‘chib o‘tadi.
«Tashkent Pharma Park» — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish majmuasi hisoblanadi. U Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi yaqinida joylashgan.





