Farrux Omonov Xalq qabulxonasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi
Mazkur tayinlovga qadar u Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
© Foto: Daryo.uzFarrux Farhodjonovich Omonov O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Mazkur tayinlovga qadar Farrux Omonov Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Ma’lumot uchun: Omonov 1988-yilda tug‘ilgan. U Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. 2011-yildan 2015-yilgacha Moliya vazirligida, 2015-yildan 2019-yilgacha Savdo-sanoat palatasida ishlagan. 2019-yil dekabrdan 2020-yil oktabrgacha Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari bo‘lgan. 2020-yil oktabrda Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 2021-yil prezident ma’muriyatida sektor mudiri bo‘lib ishlagan.





