
Firibgarlarning qo‘ng‘iroqlari va xabarlarini qanday aniqlash mumkin? — Octobank yo‘riqnomasi
O‘zbekistonda firibgarlar tobora ayyor bo‘lib bormoqda — endi ularning sxemasi ikki bosqichli: telefon qo‘ng‘iroqlari va messenjerlar orqali yuboriladigan xabarlar. Octobank bu sxemani qanday aniqlash va undan qanday himoyalanish haqida ma’lumot beradi.

Sxema qanday ishlaydi?
O‘zbekistonda telefon qo‘ng‘iroqlari va messenjerlardagi xabarlarni birlashtirgan firibgarlik sxemasi tarqalmoqda. Markaziy bankning ma’lumotlariga ko‘ra, sxema fuqarolarning raqamli savodxonligi oshishi fonida ayniqsa ommalashgan — oddiy qo‘ng‘iroqlar bilan kimnidir aldash endi qiyinroq.
1-bosqich: «operator» qo‘ng‘irog‘i
Ehtimoliy qurbonga o‘zini biror bir mobil aloqa operatori xodimi deb tanishtirgan shaxs qo‘ng‘iroq qiladi. Shartnomani uzaytirish bahonasida u yo‘naltiruvchi savollar berib, ma’lumotni tasdiqlashni so‘raydi. Asosiy maqsad — ishonchga kirish va keyinchalik ikkinchi bosqichga o‘tishga yordam beradigan asosiy shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash.
2-bosqich: «Markaziy bank»dan xabarnoma
Biroz vaqt o‘tgach, jabrlanuvchi Telegramda xabar oladi. Akkaunt rasmiy ko‘rinishi uchun Markaziy bank logotipi bor. Xabarda shunday deyiladi:
Agar firibgar bilan gaplashayotganingizga ishonchingiz komil bo‘lsa — shunchaki go‘shakni qo‘ying. Qancha uzoq vaqt aloqada bo‘lsangiz, firibgar sizni muloqotni davom ettirishga ko‘ndirishi ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi. Shundan so‘ng, sizga qo‘ng‘iroq qilingan bank yoki kompaniya bilan bog‘lanib, sodir bo‘lgan voqea haqida xabar bering.
Firibgarlarning hiylalariga aldanib qolmaslik uchun eslab qoling:
- kredit ochilganligi va uni zudlik bilan «yopish» kerakligi;
- yoki kredit allaqachon rasmiylashtirilgan va «operatsiyani yakunlash kerak»ligi, aks holda tekshiruv boshlanishi.
- lex.uz portalidan jinoyat kodeksidagi moddalarga havola qiladi;
- «vaziyat o‘ta shoshilinch», deydi, «oqibati yomon», deb qo‘rqitadi.
Agar firibgar bilan gaplashayotganingizga ishonchingiz komil bo‘lsa — shunchaki go‘shakni qo‘ying. Qancha uzoq vaqt aloqada bo‘lsangiz, firibgar sizni muloqotni davom ettirishga ko‘ndirishi ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi. Shundan so‘ng, sizga qo‘ng‘iroq qilingan bank yoki kompaniya bilan bog‘lanib, sodir bo‘lgan voqea haqida xabar bering.
Firibgarlarning hiylalariga aldanib qolmaslik uchun eslab qoling:
- Firibgarlar sizni chalg‘itishga urinadi — shoshiltiradi, qo‘rqitadi va tahdid qiladi: siz sarosimaga tushmang.
- Agar firibgar bilan gaplashayotganingizga ishonchingiz komil bo‘lsa, go‘shakni qo‘ying va aloqani uzing.
- Telegramdan kelgan begona ilovalarni o‘rnatmang.
- Shubhali havolalarga kirmang.
- Quyidagi ma’lumotlarni hech kimga aytmang:
- Kartangizning amal qilish muddati
- SMS yoki push-bildirishnomalardan kelgan kod
- PIN-kod





