
Fuqarolar endi o‘z nomiga olinadigan ruxsatsiz kreditga chek qo‘ya oladi
17.06.2025 | 20:5522872
6 iyundan boshlab fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra, ularning roziligisiz rasmiylashtiriladigan qarz shartnomalarini taqiqlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu xizmat “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi orqali amalga oshiriladi.

Joriy yilning 6 iyun kunidan boshlab jismoniy shaxslarga o‘ziga kredit ajratilishini taqiqlash imkonini beruvchi xizmat ishga tushiriladi. Bu haqda «Kredit-axborot tahliliy markazi» kredit byurosi xabar berdi.
Qayd etilishicha, rabyuro «jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritish yoki reyestrdan chiqarish bo‘yicha» xizmatni joriy qilgan.
Mazkur xizmat orqali jismoniy shaxslar o‘zlarining ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimi rasmiylashtirilishining oldini olish uchun o‘zi bilan kredit bitimini tuzishni kredit byurosiga ariza kiritish orqali taqiqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
«Bu o‘z navbatida bugungi kunda o‘sib borayotgan jismoniy shaxslarning xabarisiz kreditlar rasmiylashtirilishi holatlarining oldini olishga turtki bo‘ladi. Ushbu xizmat bepul bo‘lib, undan dastlab Kredit byurosining rasmiy veb-sayti orqali foydalanish mumkin»,- deyiladi xabarda.





