add

Green Card uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlanganligi haqidagi xabarlar rad etildi

Kecha 12:131091 daqiqa

«DV-2027 uchun ro‘yxatdan o‘tish allaqachon boshlangani haqidagi yolg‘on ma’lumotlar, shuningdek, g‘olib bo‘lish imkoniyatingizni oshira olishini da’vo qiluvchi shaxslar va xizmatlar haqida xabarlar tarqalgan. Bular haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», — deydi elchixona.

Green Card uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlanganligi haqidagi xabarlar rad etildi

AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi 2027-yilgi Diversity Visa dasturiga ro‘yxatdan o‘tish hali ochilmaganini e’lon qilib, internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan yolg‘on ma’lumotlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Elchixona ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim shaxslar va xizmatlar ro‘yxatdan o‘tish boshlangani yoki g‘olib bo‘lish imkoniyatini oshirishlari mumkinligini da’vo qilmoqda, biroq bu iddaolar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

«DV-2027 uchun ro‘yxatdan o‘tish muddatlari va bu yilgi ariza topshirish jarayonidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniq bo‘lishi bilan Davlat departamenti tomonidan e’lon qilinadi», — deyilgan xabarda.

Har yili arizalar, odatda, oktabr–noyabr oylarida qabul qilinar edi, biroq bu yilgi jarayon qachon boshlanishi hali belgilanmagan.

Sentyabr oyida AQSH Davlat departamenti Green Card lotereyasida qatnashish uchun 1 dollarlik yig‘im joriy etish taklifini muhokamaga qo‘ygan edi. Mazkur o‘zgarish lotereya jarayonini samarali tashkil etish va sistema orqali asossiz arizalar sonini kamaytirish maqsadida joriy etilgani ta’kidlanmoqda. Shu bilan birga, Davlat departamenti to‘lov miqdori barcha qatlamdagi fuqarolar uchun mutlaqo arzon va oson to‘lanadigan qilib belgilanganini qayd etgan.

Teglar

Mavzuga oid