add

Hindiston aholisi soni 1,46 milliardga yetdi — BMT

11.06.2025 | 10:0047232

BMTning so‘nggi demografik hisobotiga ko‘ra, Hindiston 2025 yilda ham dunyoning eng ko‘p aholisiga ega mamlakati bo‘lib qolmoqda. Mamlakat aholisi soni 1,46 milliardga yetdi va bu raqam yaqin 40 yil ichida 1,7 milliardgacha o‘sishi kutilmoqda.

Hindiston aholisi soni 1,46 milliardga yetdi — BMT
Hisobotda aytilishicha, hozirgi kunda mamlakatda tug‘ilish darajasi pasaymoqda — har bir ayolga o‘rtacha 1,9 farzand to‘g‘ri kelmoqda. Bu ko‘rsatkich aholini tabiiy tarzda barqaror saqlash uchun zarur bo‘lgan 2,1 darajasidan past hisoblanadi. Shunga qaramay, mamlakatda yoshlar soni ko‘p. Hindiston aholisining 24 foizi 0−14 yoshda, 17 foizi 10−19 yoshda, 26 foizi esa 10−24 yoshlilardan iborat. Bu esa to‘g‘ri mehnat va ijtimoiy siyosat orqali demografik dividendlarni amalga oshirish imkonini beradi. bugungi kunda aholining 68 foizi 15−64 yosh oralig‘ida bo‘lib, ishlay oladigan yoshdagi qatlamni tashkil etadi. 65 yosh va undan kattalar esa 7 foizni tashkil etadi, ammo kelgusi o‘n yilliklarda bu ulush o‘sishi kutilmoqda, chunki o‘rtacha umr davomiyligi oshib bormoqda. 2025 yilda BMT lumotlariga ko‘ra, Hindistonda erkaklar uchun o‘rtacha umr 71 yil, ayollar uchun esa 74 yilni tashkil etadi.

Teglar

Mavzuga oid

Hindiston aholisi soni 1,46 milliardga yetdi — BMT | Vaqt.uz