add

Isroil G‘azo sektorida 80 dan ortiq falastinlikni o‘ldirdi

G‘azo sektorida yordam izlayotgan fuqarolarga qilingan so‘nggi hujumlarda Isroil kuchlari 80 nafardan ortiq falastinlikni o‘ldirdi. Ulardan kamida 56 nafari yordam tarqatish markazlari yaqinida halok bo‘ldi.

Isroil G‘azo sektorida 80 dan ortiq falastinlikni o‘ldirdi
Isroil armiyasi va dronlari tomonidan amalga oshirilgan ushbu hujumlarda, ayniqsa, Rafah shahrida og‘ir yo‘qotishlar kuzatildi. Ushbu hududning o‘zida 27 nafar yordam izlayotgan fuqaro otib o‘ldirildi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Isroil urushida halok bo‘lgan falastinliklar soni 56 ming nafardan oshib ketdi, yaralanganlar esa 131 848 nafarga yetdi. Yangi hujumlar G‘aza Gumanitar Fondi (GHF) tarqatuv markazlari atrofidagi qonli voqealar silsilasining davomidir. BMTning Falastin qochqinlariga yordam agentligi rahbari bu markazlarni «o‘lim tuzog‘i» deb atadi. Salox ad-Din ko‘chasida 25 nafar fuqaro o‘ldirildi, 140 nafardan ortiq kishi jarohat oldi, ulardan 62 nafari og‘ir ahvolda. Nuseirat qochqinlar lagerining al-Avda shifoxonasi va Xon Yunisadgi Nassir tibbiyot majmuasiga halok bo‘lganlar va yaralanganlar olib kelindi. Al Tina ko‘chasida yordam kutayotgan fuqarolar otib tashlangani haqida ham xabar berildi. G‘azo shahridagi al-Shifo shifoxonasida shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi og‘ir holatga keldi. Bir qancha jabrlanuvchilar shifokor yordamini kutayotgan paytida halok bo‘ldi. Guvohlarning aytishicha, Isroil tanklari va dronlari odamlar qochayotganida ham o‘q uzishda davom etgan. Isroil armiyasi ushbu voqealar yuzasidan tergov o‘tkazishini ma’lum qildi. Lekin shu paytgacha Isroil askarlari GHF markazlariga yaqinlashganlarni «shubhali shaxslar» deb baholagan va bir necha marta ogohlantirishsiz o‘q ochgani qayd etilgan. BMT va xalqaro guvohlarning ta’kidlashicha, bu kabi tizimli yordam tarqatish usuli adolatli va xavfsiz emas. BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrik bu vaziyatni «G‘azoda sodir bo‘layotgan daxshat» deb baholadi va har ikki tomon rahbarlarini zo‘ravonlikni to‘xtatishga chaqirdi.

Teglar

Mavzuga oid