add

Isroil hujumidan so‘ng Tehrondagi Evin qamoqxonasida 71 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

30.06.2025 | 08:156993

Tehronda joylashgan Evin qamoqxonasiga Isroil tomonidan 23 iyun kuni amalga oshirilgan raketa hujumida 71 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida qamoqxona xodimlari, harbiylar, mahbuslar, ularning oila a’zolari va atrofdagi binolar aholisi bor.

Isroil hujumidan so‘ng Tehrondagi Evin qamoqxonasida 71 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda
23 iyun kuni Isroil havo kuchlari Tehronning shimolidagi Evin qamoqxonasiga 7 ta raketa yordamida zarba berdi. Hujum to‘g‘risidagi tasvirlarni Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi va «Yashasin erkinlik!» degan so‘zlar bilan yozuv qoldirdi. «Anadolu» agentligi jurnalistlari hujumdan so‘ng qamoqxonadagi vayrona va yo‘qotishlarni suratga oldi. Qamoqxona ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, raketa zarbalari natijasida ma’muriy bino butunlay vayron bo‘lgan, devorlari yorilib, tom qismi qulagan. Bino ichidagi mebel va hujjatlar, kitoblar zarar ko‘rgan. Qamoqxona shifoxonasiga ham katta talafot yetgan: binolarning tashqi qismi, oyna va shishalari singan, klinikadagi bir qancha tibbiy jihozlar yaroqsiz holga kelgan. Hujum paytida prokurorlik binosida bo‘lgan Tehron prokurorining o‘rinbosari Ali Qanoatkor vafot etdi. Tergov zalida ham ko‘plab mahbuslar va ularning oila a’zolari halok bo‘lgan yoki yaralangan. Ushbu hujum mahbuslar yaqinlari bilan uchrashib turgan paytda sodir bo‘lgani sababli, yo‘qotishlar katta bo‘ldi. Hujum natijasida qamoqxona atrofidagi bir qancha uylar va avtomashinalar ham katta zarar ko‘rgan.  

Teglar

Mavzuga oid