Logo

S&P O‘zbekistonning suveren kredit reytingini BB+ darajasiga ko‘tardi

Kecha 14:301 daqiqa

Bu mamlakat tarixida hozirgacha erishilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

S&P O‘zbekistonning suveren kredit reytingini BB+ darajasiga ko‘tardi

S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingini «barqaror» prognoz bilan BB+ darajasiga oshirdi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu O‘zbekiston tarixida hozirgacha erishilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.Endi mamlakatning «investitsiyaviy» (BBB-) pog‘onaga chiqishiga bir qadam qoldi.

Xabarda mazkur yutuq tizimli iqtisodiy islohotlar, muvozanatli moliya siyosati hamda prezidentning uzoqni ko‘zlagan strategik yondashuvi samarasi ekani ta’kidlangan.

Shuningdek,ijobiy natijalarni taqdim etish borasida ishchi guruhning tezkor va ochiq tahliliy muloqotlari S&P tomonidan alohida e’tirof etilgan.

«Yurtimizga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish yo‘lidagi qat’iy harakatimizni davom ettiramiz», — deydi Mirziyoyeva.

Moody’s agentligining avvalgi bahosi

2026-yilning iyun oyida Moody’s xalqaro reyting agentligi ham O‘zbekistonning suveren kredit reytingini bir pog‘onaga oshirib, Ba2 darajasida belgilagan edi. O‘shanda reyting prognozi «ijobiy»dan «barqaror»ga o‘zgartirilgan.

Moody’s reytingning yaxshilanishiga mamlakatda institutsional va iqtisodiy islohotlarning davom etayotgani, iqtisodiyotning diversifikatsiya qilinishi hamda budjet intizomining kuchaygani asos bo‘lganini qayd etgan edi.

Teglar

Mavzuga oid