Logo

O‘zbekistonda 35 mingdan ziyod yer uchastkasi auksionga chiqarildi

Bugun 08:242 daqiqa

Shuningdek, qariyb 300 mingta uy va yerga mulk huquqi rasman tan olindi.

O‘zbekistonda 35 mingdan ziyod yer uchastkasi auksionga chiqarildi © Ijtimoiy tarmoqlar

O‘zbekistonda 1 328 234 ta ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, 885 671 ta ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasporti shakllantirildi. Bu haqda Kadastr agentligi ma’lum qildi.

​Unga ko‘ra, «UZKAD» tizimida 42 409 355 gektar yer uchastkasining elektron xaritasi yaratilgan.

Shuningdek, sohani raqamlashtirish jarayonida 8 087 712 ta arxiv hujjati elektron shaklga o‘tkazilgan va davlat xizmatlarini ko‘rsatishda rad etish holatlari 2,1 barobarga kamaygan.

​Qonun ijrosi va axborot tizimlaridagi ko‘rsatkichlar

​O‘RQ-937-sonli qonun doirasida 1 870 437 ta ko‘chmas mulk obyekti xatlovdan o‘tkazilib, ularning 1 814 650 tasi «UZKAD» tizimiga migratsiya qilingan. Respublika bo‘yicha 767 ta mahallada xatlov ishlari 100 foiz yakunlangan.

Bundan tashqari, «E’TIROF» avtomatlashtirilgan axborot tizimiga 1 107 973 ta obyekt kiritilgan bo‘lib, shundan 294 398 tasiga mulk va ijara huquqi to‘liq e’tirof etilgan.

​Agentlik tomonidan yuritiladigan boshqa axborot tizimlarida quyidagi natijalar qayd etilgan:

— ​«YERELEKTRON» avtomatlashtirilgan axborot tizimiga 71 048 ta yangi aniqlangan yer uchastkasi kiritilib, ularning 35 582 tasi auksionga chiqarilgan;

— ​«Ko‘p kvartirali uylar reyestri» axborot tizimida 1 226 ta ko‘p qavatli turar-joydagi 83 450 ta kvartira raqamlashtirilgan.

​Shuningdek, Davlat xizmatlari markazlarida 206 ta «Kadastr maslahat burchaklari» tashkil etilib, ularning faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu burchaklar orqali 91 032 ta murojaat joyida ijobiy hal etilgan va xizmat ko‘rsatishda rad etilishining oldi olingan.

​Agentlikning qayd etishicha, mazkur ishlar aholiga qulay, shaffof va tezkor kadastr xizmatlarini ko‘rsatish, ortiqcha ovoragarchilik hamda byurokratik to‘siqlarni kamaytirishga qaratilgan.

Teglar

Mavzuga oid