Logo

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan sobiq davlat xodimi Turkiyadan O‘zbekistonga qaytarildi

Bugun 17:251 daqiqa

U davlat mablag‘larini talon-toroj qilish va hujjatlarni qalbakilashtirishda ayblanmoqda.

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan sobiq davlat xodimi Turkiyadan O‘zbekistonga qaytarildi © O'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi

Xalqaro qidiruvga berilgan sobiq davlat tashkiloti mutasaddi xodimi Turkiyadan O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, u O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Y.G. Xorazm viloyatidagi Bandlikka ko‘maklashish mutasaddi xodimi lavozimida ishlagan davrida mansab vakolatlaridan foydalanib, davlat mablag‘larini talon-toroj qilganlikda va hujjatlarni qalbakilashtirganlikda ayblanmoqda.

Y.G. Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bo‘yicha qidiruvga berilgan edi. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Teglar

Mavzuga oid