add

Istanbuldan uchgan Uzbekistan Airways samolyoti nega ortga qaytib ketdi?

29.07.2025 | 08:0042983

Istanbuldan Toshkentga yo‘l olgan Uzbekistan Airways uchog‘i havodagi favqulodda holat sabab otga qaytdi. Aviakompaniya salon va kabinadagi bosimning beqarorligi insidentga sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

Istanbuldan uchgan Uzbekistan Airways samolyoti nega ortga qaytib ketdi?
Avvalroq, «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining Istanbuldan Toshkentga uchayotgan Boeing 767-300 samolyoti noma’lum sababga ko‘ra Turkiya osmonida charx urib, yana Istanbul aeroportiga qaytib qo‘ngani haqida xabar bergan edik. Aviakompaniya matbuot xizmati samolyotning ortga qaytish sabablarini ochiqladi. Qayd etilishicha, HY272 reysini bajarayotgan UK67003 bort raqamli havo kemasi Istanbuldan havoga ko‘tarilganidan so‘ng, uchishdan 1 soat o‘tib, 350-eshelon balandligida salon va kabinadagi bosimning beqarorligi haqida signalizatsiya tizimi ishga tushgan. Parvoz xavfsizligini ta’minlash maqsadida, havo kemasi komandiri samolyotni jo‘nash aeroportiga qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Mahalliy vaqt bilan 15:50 da samolyot Istanbul aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘ngan. «Aviakompaniyaning texnik xizmatlari havo kemasini Toshkentdagi bazaga qaytarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmoqda. Ushbu reys yo‘lovchilari zaxira havo kemasi orqali Toshkentga yetkaziladi va kutish davrida mehmonxonaga joylashtiriladi», - deyiladi xabarda. HY272 reysi yo‘lovchilari uchun zaxira reys — HY8272 tashkil etilgan. Bu reys 29 iyul kuni soat 07:30 da Istanbuldan uchib, soat 13:35 da Toshkentga qo‘nishni rejalashtirgan.

Teglar

Mavzuga oid