JCH g‘oliblari tarixda birinchi marta chempionlik uzuklari bilan taqdirlanadi
Uzuklarning bir tomonida Jahon chempionati kubogi tasvirlangan, ikkinchi tomonida esa g‘olib jamoaning logotipi tasvirlangan bo‘ladi.
© Foto: FIFA2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati g‘oliblari tarixda birinchi marta chempionlik uzuklari bilan taqdirlanadi. Bu haqda FIFA xabar berdi.
Jami 2026 ta chempionlik uzugi tayyorlanadi. Shundan 30 tasi g‘olib jamoa futbolchilariga topshiriladi, qolgan 1996 tasi esa butun dunyo bo‘ylab muxlislar uchun sotuvga chiqariladi. Uzuklarning bir tomonida Jahon chempionati kubogi, ikkinchi tomonida esa g‘olib jamoaning logotipi tasvirlangan bo‘ladi.
Har bir uzuk alohida raqamlanadi va o‘zining haqiqiylik sertifikati bilan birga beriladi. Finaldan so‘ng darhol g‘olib jamoa sardori va bosh murabbiyi vaqtinchalik uzuklarni oladi. Keyin barcha 30 ta uzuk rasmiy taqdimotdan oldin g‘oliblar uchun maxsus tayyorlanadi.
Final uchrashuvi 19-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:55 da AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi MetLife stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda Ispaniya va Argentina terma jamoalari mundial g‘olibligi uchun o‘zaro kuch sinashadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA jahon chempionatidagi terma jamoalar sonini 64 tagacha oshirishni ko‘rib chiqayotgani haqida yozgandik.

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026
JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.





