
Jennifer Lopesning Toshkentdagi konserti: Umumiy hisobda 25 mingta chipta sotildi
08.08.2025 | 22:3023332
Toshkentda o‘tgan Jennifer Lopes konserti uchun chiptalarning qariyb 70 foizini chet elliklar — rossiyaliklar, qozog‘istonliklar va Yevropa hamda boshqa mamlakatlardan kelgan mehmonlar harid qilgan.

7 avgust kuni Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Jennifer Lopesning Up All Night — LIVE IN 2025 tur doirasidagi konserti bo‘lib o‘tdi.
«O‘zbekiston24» telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, tadbir uchun jami 25 mingta chipta sotilgan. Ularning 68 foizdan ortig‘i — taxminan 15 mingta chipta — chet elliklar tomonidan xarid qilingan. Xususan, 7,5 mingta chiptani rossiyaliklar, 2,5 mingtani qozog‘istonliklar sotib olgan. Qolgan tomoshabinlar esa Yevropa va boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan.
Konsert chiptalari 1 million so‘mdan 4,2 million so‘mgacha bo‘lgan. Bu chipta sotuvidan tushadigan umumiy daromad kamida 25 milliard, ko‘pi bilan esa 105 milliard so‘mgacha (taxminan 1,97 mln – 8,28 mln AQSH dollari) bo‘lganini ko‘rsatadi.
Qayd etilishicha, xorijlik mehmonlarning ko‘pchiligi 4–6 kunlik tur-paketlar bilan kelgan.





