add

Kiyosaki aktivlar bozorlarining qulashini «tezroq sotib tugatish», deb atadi

Bugun 12:152 daqiqa

Amerikalik investor Robert Kiyosaki bozorlar qulagan paytda ko‘proq oltin, kumush va bitkoin sotib olishni tavsiya qildi. «Boy ota, kambag‘al ota» bestselleri muallifining aytishicha, hozirgi vaziyatda kambag‘allar sotadi, boylar esa sotib oladi.

Kiyosaki aktivlar bozorlarining qulashini «tezroq sotib tugatish», deb atadi

Amerikalik investor va «Boy ota, kambag‘al ota» bestselleri muallifi Robert Kiyosaki chakana savdodagi «tezroq sotib tugatish» («rasprodaja»)lar bilan aktivlar bozoridagi qulashni bir-biriga qiyosladi va boylar hamda kambag‘allarning moliyaviy xulq-atvoridagi farqni shu tarzda izohladi.

«Walmart»dagi «rasprodaja»

«Walmart»da «tezroq sotib tugatish» («rasprodaja») bo‘lsa, kambag‘al odamlar shoshilib sotib oladi, oladi, yana oladi. Lekin moliyaviy aktivlar bozorida «tezroq sotib tugatish», ya’ni qulash bo‘lganda, kambag‘allar sotadi va qochadi, boylar esa shoshilib sotib oladi, oladi, yana oladi», – deb yozdi u.

Uning aytishicha, «oltin, kumush va bitkoin bozori hozirgina quladi, ya’ni «rasprodaja»ga chiqdi. U esa qo‘lida naqd pul bilan «rasprodaja»da yana ko‘proq oltin, kumush va bitkoin sotib olishni boshlash uchun» kutib turganini bildirdi.

Kiyosakining maslahatlari

Mashhur investor va «Boy ota, kambag‘al ota» bestselleri muallifi Robert Kiyosaki o‘z ritorikasini tez-tez o‘zgartirib turishi sababli bir necha bor jamoatchilik e’tibori markazida bo‘lgan.

Yana 11 oy avval u kumush aktivlaridan to‘liq chiqib, mablag‘larni bitkoinga o‘tkazganini ma’lum qilgan edi. Biroq hozir, metall narxi tarixiy maksimumni yangilagan paytda, Kiyosaki unga nisbatan juda keskin o‘sishni prognoz qilmoqda.

Oltin bitkoinga nisbatan ancha volatil aktivga aylandi

Moliyaviy «xavfsiz gavan»lar haqidagi an’anaviy tasavvurlar barbod bo‘ldi: oltin dunyodagi birinchi kriptovalyutaga nisbatan ham beqarorroq aktivga aylandi. Qimmatbaho metallning jadal rallisi o‘rnini shunchalik keskin narx tebranishlari egalladiki, ular o‘z amplitudasi jihatidan so‘nggi yigirma yildagi eng turbulent davrlarni eslatadi.

2-fevral kuni «BTC» 10 oylik eng past darajaga tushib ketdi. Oktyabr oyidagi eng yuqori nuqtadan pasayish 40 foizdan ortiqni tashkil etdi.

Bozorlar qulashi

Kecha, 2-fevral kuni tovar bozorlari keskin pasaydi. Qulashda oltin, kumush, neft va sanoat metallaridagi katta yo‘qotishlar yetakchilik qildi. Bunga Kevin Uorshning AQSH Federal zaxira tizimining keyingi rahbari sifatida tanlanishi sabab bo‘ldi – bu xavfli aktivlarda sotuvni kuchaytirib, qimmatbaho metallarni ketma-ket ikkinchi sessiyada ham keskin tushirishga olib keldi.

Qimmatbaho metallardagi sotuvlar «CME Group» metall fyucherslari bo‘yicha marja talablarini oshirganidan keyin yanada tezlashdi. Bu qaror 2-fevral kungi savdo yopilishidan kuchga kirdi.

Marja talablarining oshirilishi, odatda, tegishli kontraktlar uchun salbiy omil hisoblanadi: kapital xarajatlarining ortishi spekulyativ ishtirokni cheklaydi, likvidlikni kamaytiradi va treyderlarni pozitsiyalarni yopishga majbur qiladi.

Pasayish 2-fevral kuni boshlangan edi: spot bozorda oltin 1983 yildan beri kuzatilmagan eng keskin bir kunlik qulaishni ko‘rsatib, 9 foizdan ko‘proqqa arzonladi. Kumush esa tarixdagi eng katta kunlik pasayishni qayd etib, 27 foizga quladi.

Teglar

Mavzuga oid