
KPMG Octobankʼning komplayens tizimi xalqaro standartlarga to‘liq mos kelishini tasdiqladi
28.08.2025 | 16:1048575
«Octobank» AJ va «KPMG Audit» MCHJ o‘rtasidagi kelishuv asosida 2025 yilning martidan iyuligacha noqonuniy daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishiga qarshi kurash (JDLQ/TMQ) funksiyasi hamda bankning sanksiya komplayens tizimi mustaqil tarzda tekshirildi.

Mustaqil audit quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oldi:
- Bankning ichki nazorat tizimi va xavflarga qarshi tura olish imkoniyatlari asosida rivojlanishi;
- JDLQ/TMQ sohasidagi tashkiliy tuzilma;
- Xavflarni inobatga olgan yondashuvni amaliyotga joriy etish;
- mijozlar bazasi va yuqori xavf darajasiga ega hamda nozik biznes turlari bilan ishlash;
- mijozlarni qabul qilish siyosati va onboarding (ro‘yxatdan o‘tkazish) tartibi;
- chuqurlashtirilgan tekshiruv (EDD) va mijozlar haqidagi ma’lumotlarni doimiy qayta ko‘rib chiqish jarayoni;
- tranzaksiyalarni monitoring qilish va shubhali faollikni aniqlash;
- sanksiyaviy komplayens va «oq ro‘yxatlar» bilan ishlash;
- Siyosiy ta’sirga ega shaxslar (PEP) bo‘yicha siyosat va benefitsiar mulkdorlarni (UBO) aniqlash;
- mablag‘larning kelib chiqish manbasini tekshirish tartibi va offshor mijozlar bilan o‘zaro hamkorlik.
- Komplayens xatarlarini boshqarish tizimini mustahkamlash;
- Ichki sinov va monitoring jarayonlarini rasmiylashtirish;
- «Oq ro‘yxatlar» amaliyotini joriy etishni o‘z ichiga olgan holda sanksiyaviy monitoring jarayonlarini rivojlantirish;
- Sanksiyaviy komplayens sohasida ichki audit va sinovlarning takomillashtirilgan metodologiyasini qo‘llash.
«Audit natijalari ichki nazorat tizimini rivojlantirish bo‘yicha tanlangan strategiyaning to‘g‘riligini tasdiqlaydi. Bu biz uchun faqatgina joriy holatga berilayotgan baho emas, balki kelgusidagi takomillashuv yo‘lida yo‘naltiruvchi muhim mezondir. Octobank mijozlar amaliyotlarining xavfsizligini, hamkorlar ishonchini va biznesning barqarorligini ta’minlash maqsadida eng yaxshi xalqaro amaliyotlarni joriy etishni davom ettiradi», — dedi «Octobank» AJ Boshqaruvi a’zosi, Ichki nazorat departamenti direktori Abror Ziyovutdinov.Reklama huquqi asosida.





