add

Markaziy Osiyo davlatlari Jahon bankidan «Qambarota-1» GES qurilishi uchun yordam so‘ramoqda

28.05.2025 | 15:0021802

Birlashgan Arab Amirliklarida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika vazirlari ishtirokida «Qambarota-1» GES loyihasi bo‘yicha ikkinchi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda moliya va suv resurslari sohasiga daxldor vazirliklardan ham yuqori martabali vakillar qatnashdi.

Markaziy Osiyo davlatlari Jahon bankidan «Qambarota-1» GES qurilishi uchun yordam so‘ramoqda
Asosiy muhokama mavzusi Qirg‘izistondagi Norin daryosida quvvati 1 860 MW bo‘lgan strategik ahamiyatga ega «Qambar-Ota-1» gidroelektrostansiyasini amalga oshirish bo‘yicha keyingi bosqichlardan iborat bo‘ldi. Ushbu loyiha uch davlat hukumatlari hamkorligida amalga oshirilmoqda. 24.kg nashri xabariga ko‘ra, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukumatlari Jahon bankiga murojaat qilib, loyiha bo‘yicha texnik yordam ko‘rsatishini so‘rashgan. Davra suhbatida bankning yuqori lavozimli mutasaddilari ham qatnashib, loyiha yuzasidan muzokaralar olib borishdi. Ma’lumot o‘rnida, «Qambar-Ota-1» GES loyihasining dastlabki bahosi 2,9 mlrd AQSH dollariga teng bo‘lgan. 2024 yilda Qirg‘iziston Iqtisodiyot va savdo vazirligi bu summani 3,6 mlrd dollargacha oshirganini ma’lum qilgan. Ushbu loyiha Markaziy Osiyodagi energetik xavfsizlikni mustahkamlash, barqaror elektr ta’minotini ta’minlash va davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid