add

«Markaziy Osiyoda “SVO” o‘tkazishga Rossiyaning na harbiy, na iqtisodiy imkoni yetadi» — Fikr vaqti

Kecha 22:481 daqiqa

Rossiyalik teleboshlovchi Vladimir Solovyov Rossiya Ukrainada bo‘lgani kabi Armaniston va Markaziy Osiyo davlatlarida ham «maxsus harbiy operatsiya» boshlashi kerakligi haqida gapirib, u buni «milliy xavfsizlikni ta’minlash masalasi» deb atadi.


Kreml propagandachilarida butun bir mintaqa tinchligi haqida bunday ohangda gapirish odati qachon paydo bo‘ldi? Nega Markaziy Osiyo ruslar tomonidan geosiyosiy tajribalar maydoni sifatida tinimsiz tilga olinmoqda? Solovyov va u kabi boshqa rus propagandachilarining bayonotlarning mazmuni, uning sabab va oqibatlari qanday?

Tahlilchilar Shuhrat Rasul va Farhod Tolipov ishtirok etgan dasturning navbatdagi sonida shu kabi savollarga javob izladik. Suhbat davomida shuningdek, Rossiyaning Markaziy Osiyoda ehtimoliy “SVO”ga imkoniyati, bunga mintaqa davlatlarining javobi, qolaversa, nega mamlakatda shu kabi chiqishlarga qaytariladigan javoblar faqat ekspert va blogerlar darajasida bo‘lib qolayotgani kabi savollar ham tahlil qilindi.

Suhbatni to‘liq holda Vaqt.uz’ning YouTube kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 26

Barchasi

Mavzuga oid