add

Navoiyda reklama qonunchiligini buzgan mehmonxona jarimaga tortildi

26.01.2026 | 10:521 daqiqa

Raqobat qo‘mitasi onlayn bronlash platformalari orqali ruxsatnomasiz reklama joylashtirgan mehmonxonaga nisbatan moliyaviy jarima qo‘lladi.

Navoiyda reklama qonunchiligini buzgan mehmonxona jarimaga tortildi

Raqobat qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan hududda faoliyat yuritayotgan mehmonxonalarning elektron onlayn bronlash tizimlarida iste’molchilarga taqdim etilayotgan ma’lumotlarning to‘g‘ri, tushunarli va asosli ekanligi o‘rganib chiqilgan.

O‘rganishlar natijasida ayrim mehmonxonalar tomonidan noto‘g‘ri reklama ma’lumotlari berilgani ma’lum bo‘lgan. Xususan, «UB MUSTERIOIS ASIA» MCHJga qarashli mehmonxona tegishli ruxsat beruvchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan holda turli onlayn bronlash platformalari orqali xizmatlarini reklama qilgan.

Bu holat iste’molchilarda mehmonxona faoliyati qonuniy ekani haqida yanglish tasavvur shakllantirishi mumkinligi qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan ish qo‘zg‘atilib, uni ko‘rib chiqish natijasida moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Shuningdek, qonunbuzilishlarni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq reklama qonunchiligini buzgan to‘rtta kompaniya jarimaga tortilganligi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid