
Oltin narxining oshishi O‘zbekiston zaxiralarini 75 mlrd dollarlik rekordga olib chiqdi
O‘zbekistonning yalpi xalqaro zaxiralari yanvar oyida 8,8 mlrd dollarga oshib, jami 75,08 mlrd dollarni tashkil etdi.

O‘zbekiston Markaziy bankining yalpi xalqaro zaxiralari 2026 yilning 1-fevral holatiga ko‘ra 75,08 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda bank e’lon qilgan hisobotda keltirilgan.
Qayd etilishicha, mamlakatning xalqaro aktivlari yanvar oyiga nisbatan 8,76 mlrd dollarga (+13,2 foiz), 2025 yilning boshiga nisbatan esa 82 foizdan ko‘proqqa ko‘paygan.
Oltin omili
Zaxiralar tarkibidagi oltinning umumiy qiymati rekord darajadagi 64,98 mlrd dollarga yetdi. MB izohiga ko‘ra, yanvar oyida oltin narxi bir troy unsiya uchun narxi 8,8 mlrd dollarga ya’ni 4389,45 dollardan 5063,45 dollargacha ko‘tarilgan. Narxlarning bunday sakrashi zaxiralar qiymatiga +8,6 mlrd dollar miqdorida ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
Shu bilan birga, regulyator oltinning fizik hajmini ham oshirgan: 1-fevral holatiga sof hajm: 12,8 mln troy unsiya (taxminan 398,1 tonna). Oylik o‘sish — 0,2 mln unsiya (taxminan 6,2 tonna).
Valuta aktivlari
Oltindan farqli o‘laroq, xorijiy valutadagi zaxira aktivlarida biroz pasayish kuzatildi. Yanvar oyida ushbu ko‘rsatkich 10,64 mlrd dollardan 9,52 mlrd dollarga tushdi. Xususan, naqd valuta va depozitlar hajmi 7,98 mlrd dollarni tashkil etmoqda.





