Oylik ish haqi loyihalaridan xalqaro ekotizimgacha: "Asia Alliance Bank" ATB karta mahsulotlarini qanday rivojlantirmoqda
Bir necha yil oldin bank kartasi faqat maosh olish yoki naqd pul yechib olish uchun qulay "plastik" sifatida qabul qilinar edi. Bugungi kunda u deyarli barcha kundalik moliyaviy operatsiyalarda insonga hamrohlik qilayotgam to‘laqonli raqamli vositaga aylangan. Karta orqali xaridlarimiz uchun pul to‘laymiz, yaqinlarimizga kerakli mablag‘larni o‘tkazamiz, obunalarimizni rasmiylashtiramiz, sayohatlarni bron qilamiz va butun dunyo bo‘ylab tranzaksiyalarni amalga oshiramiz.

O‘zbekiston fintex bozorining rivojlanishi bilan birga foydalanuvchilarning kutilmalari ham ortib bormoqda: mijozlar uchun tezlik, qulaylik va minimal rasmiyatchilik muhim. Shu fonda "Asia Alliance Bank" ATB plastic kartalar yo‘nalishining jadal rivojlanishini namoyish etmoqda. O‘tgan yil davomida bankning karta portfeli 28 foizdan ko‘proqqa, raqamli ekotizim orqali naqd pulsiz tranzaksiyalarning umumiy hajmi esa 35 foizga oshdi.
Har qanday vazifa uchun moslashuvchan mahsulotlar
Bankning muvaffaqiyati ortida tushunarli strategiya yotadi: universal andozalardan voz kechib, aniq hayotiy vaziyatlarga moslashtirilgan yechimlarni qo‘llash. Bugungi kunda "Asia Alliance Bank" mahsulotlar qatori mijozlarning barcha ehtiyojlarini qamrab oladi.
Tezlik va texnologiya: vaqtni qadrlaydigan insonlar Alliance Pay ilovasi orqali bir necha daqiqada rasmiylashtiriladigan MOMENT tezkor kartalari va virtual kartalardan foydalanishi mumkin. Ta’kidlab o‘tish lozimki, so‘nggi bir yil ichida virtual kartalarni chiqarish soni 2,5 barobarga oshdi.
Bolalikdan moliyaviy savodxonlik: Junior liniyasi ota-onalarga farzandlariga ilova orqali to‘liq nazorat ostida budjetni boshqarish asoslarini xavfsiz o‘rgatishga yordam beradi.
Premium segment va qulay sayohatlar
UzCard Sherdor - eksklyuziv xizmatlardan foydalanish, jumladan, Toshkent xalqaro aeroportining CIP Lounge va butun dunyo bo‘ylab xalqaro biznes zallariga bepul kirish imkonini beruvchi milliy premium karta.
Konserj xizmatlari, VIP-zallar va xalqaro sug‘urtadan kengaytirilgan foydalanish imkoniyatiga ega Visa Platinum / Infinite va World Elite kartalari.
Mablag‘larqulaylik bilan foydalanish imkoniyati: overdraft funksiyasiga ega kartalar rejalashtirilmagan xarajatlar uchun kredit limitidan tezda foydalanish imkonini beradi.
Visa Direct va Mastercard MoneySend xizmatlari yordamida mijozlar bir necha daqiqada butun dunyo bo‘ylab pul o‘tkazmalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri jo‘natishlari va o‘z kartalariga qabul qilishlari mumkin - bir yil ichida bunday xalqaro o‘tkazmalar hajmi 42 foizga oshdi.
Raqamli ekotizim va bo‘lajak mijozlar uchun qulayliklar
Bugungi kunda mijozlar shunchaki alohida "plastik"ni emas, balki qulay raqamli muhitni tanlamoqda. Alliance Pay ilovasi barcha bank xizmatlarini bir joyda birlashtiradi:
1. Mobil ilovaning faol foydalanuvchilari soni yil davomida 30% ga oshdi.
2. Kunlik xaridlar uchun keshbekli hamkorlik dasturlari va sodiqlik tizimlari rivojlantirilmoqda.
3. Kreditlar, omonatlar va kartalarga buyurtma berish 24/7 rejimida masofadan turib amalga oshiriladi.
Butun oila uchun xizmatlarni rivojlantirish va mahsulotlar qatorini doimiy ravishda kengaytirish orqali "Asia Alliance Bank" ATB mijozlar ishonchini mustahkamlash va qulay moliyaviy hayot uchun zamonaviy platforma qurishda davom etmoqda.





