add

O‘zbekiston prezidenti Tolstoy nomidagi tinchlik mukofoti laureatiga aylandi

Shavkat Mirziyoyev bilan bir qatorda Sadir Japarov, Emomali Rahmon ham Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissalari uchun ushbu yuksak faxriy mukofotga sazovor bo‘lgan.

O‘zbekiston prezidenti Tolstoy nomidagi tinchlik mukofoti laureatiga aylandi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Lev Tolstoy nomidagi ikkinchi Xalqaro tinchlik mukofoti laureati bo‘ldi. Mirziyoyevdan tashqari Qirg‘iziston yetakchisi Sadir Japarov, Tojikiston rahbari Imomali Rahmon ham ikkinchi mazkur mukofot laureatlari deb e’lon qilingan. Bu haqda TASS xabar berdi. «L.N.Tolstoy nomidagi Xalqaro tinchlik mukofoti hakamlar hay’atining qarori bilan 2025 yilgi mukofot sovrindorlari Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev deb e’lon qilindi. Qaror bir ovozdan qabul qilingan», - degan hakamlar hay’ati raisi, Mariinskiy teatrining badiiy rahbari va bosh direktori Valeriy Gergiyev. Mukofot tashkiliy qo‘mitasi ta’kidlashicha, uch davlat rahbarlari Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissalari uchun mazkur faxriy mukofotga sazovor bo‘lishgan. Qo‘mita, 31 mart kuni O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomani imzolab, umumiy chegaralarni huquqiy rasmiylashtirishni to‘liq yakunlaganini eslatib o‘tdi. Bu bilan uch mamlakat o‘z umumiy chegaralarining huquqiy rasmiylashtirilishini yakunlagan va shu orqali xalqaro huquq ustuvorligi asosida umumiy va teng xavfsizlikni ta’minlash, xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga muhim hissa qo‘shgan. Gargiyev raisligidagi xalqaro hakamlar hay’ati tarkibiga Argentina, Belarus, Hindiston, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya, Fransiya, Janubiy Afrika Respublikasi va Yaponiyadan siyosiy hamda jamoat arboblari kiritilgan. Lev Tolstoy nomidagi ikkinchi Xalqaro tinchlik mukofoti 2022 yil 22 iyunda ta’sis etilgan. Mukofotning asosiy maqsadi – urushlarning oldini olish, barqaror va ko‘p qutbli dunyo qurish, zo‘ravonliksiz tinchlikni targ‘ib etish hamda faol tinchlikparvarlik faoliyatini rag‘batlantirish hisoblanadi. Ma’lumot uchun, 31 mart kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va O‘zbekiston prezidentri Shavkat Mirziyoyev Xo‘janddagi uchrashuvda davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomani imzolagandi. Chegaralar tutashgan joy Farg‘ona vodiysida joylashgan bo‘lib, So‘g‘d (Tojikiston), Farg‘ona (O‘zbekiston) va Botken viloyatlarini (Qirg‘iziston) bog‘laydi.

Teglar

Mavzuga oid