
O‘zbekiston tashqi savdosida Xitoy va Rossiya yetakchi o‘rinni egalladi
31.05.2025 | 18:0015632
Joriy yilning to‘rt oyida ushbu ikki davlat bilan aylanma 7,9 mlrd dollardan oshdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida eng yirik ulush Xitoy va Rossiyaga to‘g‘ri keldi.
Xitoy bilan tashqi savdo hajmi 4,2 mlrd dollarni tashkil etdi. Rossiya esa 3,7 mlrd dollarlik ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi o‘rinda Qozog‘iston (1,4 mlrd dollar) qayd etildi.
To‘rtinchi o‘rinda Turkiya (834 million dollar), beshinchi o‘rinda esa Koreya Respublikasi (584,1 million dollar) joylashgan. Afg‘oniston bilan savdo aylanmasi 504,5 million dollarni tashkil etdi. Fransiya (472,8 mln), Germaniya (423,8 mln) va Hindiston (383 mln) ham asosiy hamkorlar qatorida qayd etilgan.
Bu ma’lumotlar O‘zbekistonning mintaqaviy va global savdo munosabatlarida barqaror va diversifikatsiyalashgan siyosat yuritayotganini ko‘rsatadi.
Mutasaddilar fikricha, yuqori savdo hajmlari xorijiy sarmoyalarni jalb qilish va ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish imkoniyatini kengaytiradi.





