O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqtlari e’lon qilindi

Kecha 22:581 daqiqa

Toshkent shahrida soat 05:15 da boshlanadi, hududlar bo‘yicha esa vaqtlar quyosh chiqishidan keyin 15−20 daqiqalik farq inobatga olingan holda belgilangan.

O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqtlari e’lon qilindi

O‘zbekistondagi jome masjidlarda 2026 yil 27-may — chorshanba kuni Qurbon hayiti namozi ado etiladi. Musulmonlar idorasi tomonidan namoz o‘qish vaqtlari e’lon qilindi.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrida Qurbon hayiti namozi soat 05:10 da boshlanadi. Boshqa hududlarda esa namoz vaqtlari quyosh chiqishidan keyingi 15–20 daqiqalik farqni inobatga olgan holda belgilangan.

Respublikaning turli viloyatlarida Hayit namozi quyidagi vaqtlarda o‘qiladi:

• Andijon — 05:05;
• Namangan — 05:05;
• Farg‘ona — 05:05;
• Toshkent shahri — 05:10;
• Toshkent viloyati — 05:10;
• Sirdaryo — 05:20;
• Jizzax — 05:20;
• Samarqand — 05:30;
• Surxondaryo — 05:30;
• Qashqadaryo — 05:35;
• Navoiy — 05:35;
• Buxoro — 05:35;
• Xorazm — 05:50;
• Qoraqalpog‘iston respublikasi — 05:55.

photo_2026-05-25_23-32-08

Xabarda ta’kidlanishicha, ushbu vaqtlar astronomik hisob-kitoblarga muvofiq, mahalliy quyosh chiqish vaqtidan kelib chiqib aniqlashtirilgan.

Teglar

Mavzuga oid