add

O‘zbekistonda shaxmatchilar musobaqalardagi g‘alabasi uchun qancha pul mukofoti oladi?

28.11.2025 | 19:3818362 daqiqa

O‘zbekistonda xalqaro shaxmat musobaqalarining g‘olib va sovrindorlariga, shuningdek, ularning murabbiylariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotlari miqdori musobaqalar darajasi va turlariga muvofiq belgilanadi.

O‘zbekistonda shaxmatchilar musobaqalardagi g‘alabasi uchun qancha pul mukofoti oladi?

O‘zbekistonda shaxmat sohasini rivojlantirish va sportchilarni rag‘batlantirish maqsadida xalqaro musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan shaxmatchilar hamda ularning murabbiylariga to‘lanadigan pul mukofotlari miqdori 2022 yil 5-avgustda imzolangan «Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga muvofiq belgilanadi.

Eng yuqori mukofotlar Butunjahon shaxmat olimpiadasi (kattalar o‘rtasida) uchun belgilangan. Olimpiadada oltin medal sohibiga 2 000 BHM miqdorida pul mukofoti to‘lanadi, murabbiy esa 1 000 BHM oladi. Kumush uchun mos ravishda 1 000 va 500 BHM, bronza uchun esa 500 va 250 BHM taqdim etiladi. Bu mamlakatning mazkur nufuzli musobaqada yuqori natijalarni yanada ko‘paytirish niyatini ko‘rsatadi.

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tasnifiga ko‘ra jahon miqyosidagi musobaqalarda g‘olib chiqqanlar uchun ham rag‘batlantirish tartibi aniq belgilangan. Oltin medal sohibi 300 BHM, uning murabbiyi 150 BHM bilan taqdirlanadi. Kumush medal uchun 150 va 75 BHM, bronza uchun esa 75 va 37,5 BHM miqdorida mukofot beriladi.

Osiyo miqyosidagi FIDE musobaqalaridagi oltin medal egasi 70 BHM, murabbiyi esa 35 BHM oladi. Qolgan medallar uchun mos ravishda 35 va 17,5 BHM, bronza uchun 17,5 va 8,75 BHM mukofot belgilangan.

Shuningdek, xalqaro grossmeyster sport unvonini qo‘lga kiritgan shaxmatchiga alohida rag‘bat sifatida 100 BHM miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshiriladi. Ushbu tartib sportchilarga shaxmatni kasbiy darajada rivojlantirish va xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishga qo‘shimcha turtki bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, BHM oshganda mukofot pullarining miqdori ham oshadi. 2025 yil noyabr holatida ko‘ra, BHM 412 000 so‘mni tashkil etadi, bu shaxmat olimpiadasida g‘olib chiqqan shaxmatchilar 820 million so‘mdan ortiq mukofot puli olishi mumkinligini anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tgan FIDE Jahon Kubogi–2025 musobaqasini tarixiy natija bilan yakunlagan edi. Shaxmatchiga BHMning 300 baravarigacha, ya’ni 123 million 600 so‘m miqdorida mukofot puli hamda 3-xonali uy berilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid