add

O‘zbekistonda to‘qqiz oyda 50 mingdan ortiq oila ajrashish uchun sudga murojaat qildi

19.10.2025 | 15:3010253

2025 yilning yanvar–sentyabr oylari davomida mamlakat bo‘ylab 50 mingdan ziyod er-xotin nikohni bekor qilish uchun sudga ariza bergan. Ajrashish ishlari soni o‘tgan yillarga nisbatan ortib bormoqda.

O‘zbekistonda to‘qqiz oyda 50 mingdan ortiq oila ajrashish uchun sudga murojaat qildi
Oliy sudning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar faoliyati haqidagi hisobotiga ko‘ra, joriy yilning to‘qqiz oyi davomida 472 ming 900 dan ziyod fuqarolik ishi ko‘rib chiqilgan. Ulardan 52 ming 507 tasi nikohdan ajratish bilan bog‘liq ishlarni tashkil etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ajrashish bo‘yicha ko‘rib chiqilgan ishlarning 27 ming 578 tasida nikoh rasman bekor qilingan, 18 ming 430 tasida esa da’vo talablari rad etilgan. Shuningdek, 4 ming 658 ta ish ko‘rmasdan qoldirilgan, 1 ming 841 tasida ish yuritish tugatilgan. Shu davrda sudlar tomonidan bolalar uchun aliment, ish haqi va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha jami 8,2 trln so‘m undirish haqida 1,1 milliondan ortiq sud buyruqlari chiqarilgan. Bu raqam fuqarolarning moliyaviy majburiyatlari bo‘yicha da’volar ko‘payganini ko‘rsatadi. Hisobotda, shuningdek, sudlar tomonidan uy-joy, otalikni belgilash, qurilish qonunbuzarliklari va boshqa fuqarolik ishlari bo‘yicha ham minglab ishlar ko‘rib chiqilgani qayd etilgan. Shuningdek, 2025 yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonda 15–17 yoshli 155 nafar qiz voyaga yetmasdan turmushga berilgani ma’lum qilingan edi. Mutaxassislar bu holatni jamiyatda oilaviy qadriyatlar va huquqiy savodxonlikni kuchaytirish zarurligi bilan izohlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid