add

O‘zbekistonning 2 ta koni dunyodagi eng ko‘p oltin qazib chiqaruvchilar beshtaligiga kirdi

2024 yilda Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari dunyodagi eng ko‘p oltin ishlab chiqargan beshta kon orasidan joy oldi.

O‘zbekistonning 2 ta koni dunyodagi eng ko‘p oltin qazib chiqaruvchilar beshtaligiga kirdi

Mining.com nashri 2024 yilda dunyoda eng ko‘p oltin ishlab chiqargan konlar ro‘yxatini e’lon. Reytingning birinchi beshligida AQSH, O‘zbekiston, Indoneziya va Rossiyada joylashgan konlar joy olgan. Ular orasida O‘zbekistonning ikki yirik sanoat giganti — NKMK va OKMK ham mavjud.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi o‘rinni AQSHdagi Nevada koni egalladi. U 2024 yil davomida 83,9 tonna oltin ishlab chiqargan. Ikkinchi o‘rinda O‘zbekistonning Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) qayd etilgan bo‘lib, u 83,25 tonna oltin ishlab chiqargan. Kombinatning o‘z ma’lumotlariga ko‘ra esa bu ko‘rsatkich 96,4 tonnani tashkil etgan.

Uchinchi o‘rinni Indoneziyadagi Grasberg koni 57,85 tonna ko‘rsatkich bilan egalladi. Keyingi pog‘onalarda Rossiyaning Olimpiada koni (44,83 tonna) va O‘zbekistonning Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) (34,66 tonna) joy oldi.

Ma’lumot uchun, OKMK nafaqat oltin, balki mis ishlab chiqarish bo‘yicha ham Markaziy Osiyoda yetakchi hisoblanadi. Nashrning ta’kidlashicha, kombinat 2030 yilgacha tozalangan mis ishlab chiqarish hajmini 400 ming tonnadan oshirishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston joriy yilning sentyabr oyida dunyodagi yagona oltin sotuvchisi bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid