Logo

O‘zini o‘zi band qilganlar uchun ijtimoiy badalni 4,5 baravarga oshirish taklif qilindi

Bugun 08:252 daqiqa

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun ijtimoiy badalni qariyb 4,5 baravarga oshirish taklif etildi. Agar tashabbus ma’qullansa, hozir yiliga 440 ming so‘mni tashkil etayotgan ixtiyoriy badal qariyb 2 mln so‘mga yetadi.

O‘zini o‘zi band qilganlar uchun ijtimoiy badalni 4,5 baravarga oshirish taklif qilindi © Ijtimoiy tarmoqlar

O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Fiskal tahlillar instituti o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar va yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) uchun ijtimoiy to‘lovlar tizimini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi. Mazkur tashabbus yaqinda o‘tkazilgan fiskal muloqot davomida muhokama qilindi, deb xabar bermoqda Vaqt.uz jurnalisti.

Institut mutaxassislarining fikricha, bugungi kunda ikki toifa uchun amal qilayotgan ijtimoiy to‘lovlar o‘rtasida sezilarli tafovut mavjud.

To‘lovlar o‘rtasidagi farq 12 baravar

Amaldagi tartibga ko‘ra, yakka tartibdagi tadbirkorlar har oy kamida 1 BHM miqdorida ijtimoiy soliq to‘laydi. Joriy yil sentabr oyidan boshlab bu summa 440 ming so‘mни tashkil etadi. Natijada YTTning yillik majburiy to‘lovi 5 mln 280 ming so‘mга yetadi.

image_2026-08-02_20-57-22

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar esa mehnat stajini hisoblatish uchun yiliga ixtiyoriy ravishda 1 BHM to‘lashi mumkin. Bu yiliga 440 ming so‘m, oyiga esa o‘rtacha 36,7 ming so‘mни tashkil etadi.

Shu sababli ikki toifa uchun belgilangan to‘lovlar o‘rtasidagi farq 12 baravarни tashkil qilmoqda.

Hisoblash bazasini BHMdan MHTEKga o‘tkazish taklif etildi

Institut xalqaro tajribada o‘zini o‘zi band qilganlar uchun odatda yagona toifa qo‘llanilishini ta’kidladi. Ko‘plab mamlakatlarda ijtimoiy badallar deklaratsiya qilingan daromad yoki mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEK) asosida hisoblanadi.

Shu munosabat bilan ijtimoiy to‘lovlarni BHM emas, balki MHTEK asosida hisoblash taklif qilinmoqda.

Taklifga ko‘ra, ijtimoiy badal stavkasi MHTEKning 12 foizi etib belgilanadi. Amaldagi eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqib, bu oyiga 163,2 ming so‘m, yiliga esa qariyb 1,96 mln so‘mни tashkil etadi.

Bu esa o‘zini o‘zi band qilganlar tomonidan hozir to‘lanayotgan ixtiyoriy badaldan qariyb 4,5 baravar ko‘p.

O‘zgarishlar bosqichma-bosqich joriy etilishi mumkin

Institut ma’lumotiga ko‘ra, yangi tizim birdaniga emas, bosqichma-bosqich joriy etilishi rejalashtirilgan.

Dastlab oylik ijtimoiy badal 50 ming so‘m atrofida belgilanishi, keyinchalik esa tasdiqlanadigan grafik asosida bosqichma-bosqich 163,2 ming so‘mгача oshirilishi taklif etilgan.

Hozircha bu tashabbus muhokama bosqichida bo‘lib, uni amaliyotga joriy etish yuzasidan yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Vaqt.uz avvalroq yolg‘on bandlik statistikasi va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar murojaatlarini o‘rganib, masala yuzasidan Bandlik vazirligidan izoh olgandi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zini o‘zi band qilganlar uchun ijtimoiy badalni 4,5 baravarga oshirish taklif qilindi | Vaqt.uz