
Payg‘ambar Muhammad alayhissalomning hukmdorlarga yozgan maktublari Toshkentda namoyish etiladi
08.08.2025 | 20:4029932
Toshkentdagi ekspozitsiyada Rim imperatori Hiraqlyusga yo‘llangan maktubning ilmiy asoslangan rekonstruksiyasi ham taqdim etiladi.

7 avgust kuni Islom sivilizatsiyasi markazi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) tomonidan dunyo hukmdorlariga yozilgan tarixiy maktublarning papirusga ko‘chirilgan nusxalari Toshkentdagi ekspozitsiyadan joy oladi. Ular orasida eng e’tiborlisi — Rim imperatori Hiraqlyusga yo‘llangan maktubdir.
Markaz xabarida ta’kidlanishicha, ushbu tarixiy hujjatlar Islomning tinchlikparvar va diplomatik mohiyatini, shuningdek, Rasululloh (s.a.v.)ning yuksak siyosiy zakovati va insoniy fazilatlarini namoyon etadi.
Hiraqlyusga yo‘llangan maktubda Payg‘ambar alayhissalom imperatorni Islom diniga da’vat qilgan hamda uni qabul qilsa ikki karra ajr olishini, rad etsa o‘z xalqining gunohi ham uning zimmasiga tushishini bildirgan.
Shu bilan birga, ekspozitsiyada Bahrayn, Efiopiya, Misr, Fors va Ummon hukmdorlariga yozilgan maktublarning ham nusxalari joylashtirilishi kutilmoqda.





