add

Qashqadaryoda qadimiy oltin tangalarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

03.12.2025 | 11:45641 daqiqa

Ma’lumotlarga ko‘ra, tangalar 1897–1901 yillarda Rossiya imperiyasida zarb etilgan.

Qashqadaryoda qadimiy oltin tangalarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Qashqadaryoda qadimiy oltin tangalarni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Muborak tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.K. 1897–1901 yillarda zarb qilingan, “Nikolay II” yozuvi tushirilgan 10 dona oltin tangani boshqa fuqaroga 71 mln so‘mga sotish vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ekspertiza natijalari tangalarning umumiy sof vazni 42,74 gramm ekanini tasdiqladi. Ular qimmatbaho oltin qotishmasidan tayyorlangan bo‘lib, tarixiy ahamiyatga ega numizmatik qimmatlik sifatida baholangan. Mazkur topilmalarning noqonuniy aylanmasi mamlakat qonunchiligiga zid hisoblanadi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Teglar

Mavzuga oid