add

Qirg‘iz-o‘zbek chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punkti vaqtincha yopildi. Fuqarolar endi qayerdan o‘tadi?

Kuchli suv oqimi «Otukchu-avtomobil yo‘li» (Qirg‘iziston) — «Tul-avtomobil yo‘li» (O‘zbekiston) yo‘l-o‘tkazish punkti o‘rtasidagi ko‘prik tayanchlarini shikastlagan.

Qirg‘iz-o‘zbek chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punkti vaqtincha yopildi. Fuqarolar endi qayerdan o‘tadi?
Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegarasidagi «Otukchu-avtomobil yo‘li» nazorat-o‘tkazish punkti vaqtincha yopildi. Chegaradan o‘tish uchun fuqarolar va transport vositalari vaqtincha «Apkan» chegara o‘tish punktiga yo‘naltiriladi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi Chegara xizmati Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi xabar berdi. Qayd etilishicha, kuchli suv oqimi tufayli «Otukchu-avtomobil yo‘li» (QR) — «Tul-avtomobil yo‘li» (O‘zR) nazorat-o‘tkazish punktlari orasidagi ko‘prik tayanch ustunlari yuvilib ketgani sababli, «Otukchu-avtomobil yo‘li» (QR) nazorat-o‘tkazish punkti shaxslar va transport vositalari o‘tishi uchun vaqtincha yopilgan. «Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqarolar va transport vositalari «Apkan» (QR) vaqtinchalik chegara o‘tkazish punktiga yo‘naltiriladi. «Apkan» chegara o‘tish punkti ertalab soat 7:00 dan kechki 23:00 gacha ishlaydi va faqat Qirg‘iziston Respublikasi hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun mo‘ljallangan», - deyiladi xabarda. «Apkan» chegara o‘tish punkti Botken viloyatining Botken tumanidagi Apkan qishlog‘ida joylashgan.

Teglar

Mavzuga oid