add

Qirg‘iziston O‘zbekiston tomonidan berilgan yer uchastkalarini rasmiylashtirishni yakunladi

Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston tomonidan berilgan 298 gektarga yaqin yer maydonlarini rasman davlat mulki sifatida qabul qildi. Bu qaror ikki mamlakat o‘rtasida 2022 yilda imzolangan chegara kelishuvi asosida amalga oshirildi.

Qirg‘iziston O‘zbekiston tomonidan berilgan yer uchastkalarini rasmiylashtirishni yakunladi
Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi O‘sh viloyatidagi qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasida O‘zbekiston tomonidan Qirg‘izistonga berilgan ikkita yer maydonini davlat mulkiga olish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqladi. Bu haqda 24.kg xabar bermoqda. Birinchi maydon 100 gektar bo‘lib, Qorasuv tumanida 312/4 va 312/6-sonli chegara punktlari oralig‘ida, ikkinchi maydon esa 198,44 gektar bo‘lib, Aravon tumanidagi 324 va 328-sonli punktlar orasida joylashgan. Ushbu qarorlar 2022 yil 3 noyabrda Bishkekda imzolangan «Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida davlat chegarasining ayrim uchastkalari to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqida»gi qonunni amalga oshirish doirasida qabul qilingan.

Teglar

Mavzuga oid