Logo

Qirg‘iziston prokurorlari Tashiyevga nisbatan 9 yillik qamoq jazosi so‘rashdi

Bugun 18:111 daqiqa

Ayni kunlarda Qirg‘izistonda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq raisi Qamchibek Tashiyevga oid sud jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. Unga «Hokimiyatni zo‘rlik bilan egallash yoki ushlab turish, shuningdek, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga qaratilgan harakatlar» hamda «Mansab vakolatini suiiste’mol qilish» moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Qirg‘iziston prokurorlari Tashiyevga nisbatan 9 yillik qamoq jazosi so‘rashdi

29-iyun kuni Bishkekning Pervomayskiy tuman sudida hokimiyatni egallab olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha jinoyat ishi bo‘yicha sud majlisi davom ettirildi.

Sudda davlat prokurorlari ish bo‘yicha barcha sudlanuvchilarni aybdor deb topib, to‘qqiz yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘rashdi. 

Ushbu ish bo‘yicha sudlanuvchilar qatorida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq rahbari Qamchibek Tashiyev , deputat Kurmankul Zulushev va Jogorku Kenesh spikeri Nurlanbek Turg‘unbek o‘g‘li , shuningdek, hibsga olingan besh nafar siyosatchi: Bekbolot Talgarbekov, Emilbek Uzoqboyev, Aali Karashev, Kurmanbek Diykanbayev, 1-tergov hibsxonasidan ozod qilingan Kursan Asanovlar bor.

Teglar

Mavzuga oid

Qirg‘iziston prokurorlari Tashiyevga nisbatan 9 yillik qamoq jazosi so‘rashdi | Vaqt.uz