Qizilqum cho‘lida anomal yomg‘irlardan so‘ng yirik ko‘l paydo bo‘ldi

Bugun 20:581 daqiqa

Suv havzasining hajmi Chorvoq suv ombori bilan taqqoslanmoqda.

Qizilqum cho‘lida anomal yomg‘irlardan so‘ng yirik ko‘l paydo bo‘ldi © Видеодан кадр

Buxoro viloyati, Peshku tumanidagi Gazli shaharchasi shimolida oxirgi yarim yil davomida kuzatilgan me’yordan uch baravar ko‘p yog‘ingarchilik natijasida katta suv havzasi paydo bo‘ldi. Bu haqda Ekologik partiya matbuot xizmati xabar berdi.

Ilgari suvsiz hudud hisoblangan «Sho‘rbuloq» maydonida paydo bo‘lgan ko‘lning umumiy maydoni hozirda taxminan 80 kvadrat kilometrga yetgan.

«Bu ko‘rsatkich Buxoro shahri va Chorvoq suv ombori hajmi bilan qiyoslanganda sezilarli darajada kattaligi bilan ajralib turadi»,- deyiladi xabarda.

Faqat yomg‘ir emas

Qayd etilishicha, suv havzasining shakllanishiga faqat yog‘ingarchilik ta’sir ko‘rsatmagan. Hududda amalga oshirilgan gidrotexnik ishlar ham muhim omillardan biri bo‘lgan.

Xususan, baliqchilikni rivojlantirish maqsadida kichik kanallar qazilgan va atrofdagi sizot suvlari yangi suv havzasiga yo‘naltirilgan. Suv oqimi esa umumiy hisobda 126 kilometrlik kollektor kanali orqali kelib tushmoqda.

Teglar

Mavzuga oid